Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti
Mavzuning oʻrganilganlik darajasi
Download 110.75 Kb.
|
“XV asrda Temuriylar davlatining xorij davlatlari bilan diplomatik (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi va vazifalari.
Mavzuning oʻrganilganlik darajasi. Temuriylar tarixi va ularning diplomatiyasi to’g’risida, juda koʻplab bugungi kungacha ma’lumotlar yetib kelgan va oʻrgailib kelinmoqda ham. Temuriylar tarixiga ularning elchilik aloqalariga Sharqda ham Gʻarbda ham qiziqish nihoyatta kuchli boʻlganligini koʻrishimiz mumkin.Xususan Fransuz professori Lyusyen Kerenning maqolalari va kitoblari alohida oʻrin tutadi. 1961 yilda Oʻzbekistonga qilingan safar professorning hayotida burilish yasaydi. Shu paytdan boshlab u oʻz hayotini Amir Temur shaxsi va temuriylar sulolasi tarixini oʻrganishga bagʻishlagan. Professor L.Keren oʻz asarlarini yozishdan avval Amir Temur toʻgʻrisida yozilgan Sharq va Gʻarb manbalarini chuqur tanqidiy nuqtai nazardan oʻrganib chiqqan. Sharafiddin Ali Yazdiy va Ibn Arabshohning solnomalari, Rui Gonsales de Klavixo “Kundaliklar”i, mavjud tarixiy arxiv hujjatlari va yozma manbalar hamda taniqli fransuz sharqshunoslarining asarlari shular jumlasidandir. Ma’lumki, sovet tarixshunosligida oʻz davrining xos mafkuraviy yondashuviga qaramay, ma’lum ishlar amalga oshirilgan. Shu oʻrinda temurshunoslik rivojiga tamal toshini qoʻygan G.A.Pugachenkova, I.Moʻminov5, R.Mukminova, B.V.Lunin, E.V.Rtveladze, P.Zohidov, A.Muhammadjonov6, A.Oʻrinboyev, B.Ahmedov, D. Yusupova, Y.Berezikov7, T.Fayziyev8, O.Boʻriyev9, M.Xabibullayev10 kabi qator fidoiy olimlarning tadqiqotlari Amir Temur saltanati tarixini yoritishga xizmat qildi. Zero, aynan ularning mustaqillik yillarida chop etilgan yirik nashrlarda Amir Temur hayoti va faoliyati tarixini mukammal yoritishdagi xizmatlarini e’tirof etish zarur.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi XV asrlardagi Temuriylar davlatining xorij davlatlari bilan diplomatik munosabatlari va elchilik aloqalarini qanday boʻlganligi va Temuriylarning mohirona diplomatiyasini ochib berishdir. Amir Temur oʻz davrining eng mohir diplomati ham boʻlganligini, va buni jahon ham tan olganligini ochib berishdir. Temurlarning mohirona diplomatiyasini hattoki gʻarbda ha yuksak baholashgan.Buni biz bugungi kungacha saqlanib qolgan koʻplab manbalar va tarixiy elchilik hujjatlarida koʻrishimiz mumkin. Ushbu kurs ishida XV asrda Temuriylar davlatining jahonda tutgan oʻrni , ularning Gʻarb va Sharq mamalakatlari bilan aloqalari xususida yanada kengroq ma’lumot berish, va xolisona yomdashishdan iboratdir.Ushbu kurs ishi shunisi bilan ajralib turadiki, Temuriylarning xorijiy mamlakatlar bilan diplomatiyasini va elchilik aloqalari toʻgʻrisida bugungi kungacha yetib kelgan asarlarga alohida toʻxtalib oʻtishi bilan ham ajralib turadi. Download 110.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling