Kurs ishi mavzusining o`rganilganlik darajasi: Fors tilshunosligi keyingi yillarda bir qator yutuqlarni qo`lga kiritdi. Masalan A.A. Vohidovning “Sodda gap sintaksisi ( Fors tili)” (2009), Zunnurning “" دستور پارسی: درصرف و نحو زبانی فارسی (1373), Malik Abdusamadovning “Fors tili” darsligi (2007), A. Quronbekov “Fors tili” darsligi (2006) kabi asarlarida fors tilida to`ldiruvchining ifodalanishi keng ochib berilgan. Bundan tashqari Doktor Vohidian tomonidan ham fors tili grammatikasi buyicha ko`plab izlanishlar olib borilgan. Doktor Anvariy/ Ahmadi Givi tomonidan yozilgan Fors grammatikasi kitobi ham ancha mukammal hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Bu kurs ishida Fors tilida shaxssiz sodda gap va uning ifodalanishini qisman bo`lsada ochib berishga harakat qilingan. Fors tilida va o`zbek tilida shaxssiz sodda gap qanday darajada bir biriga o`xshashliklari va farqlari ko`rsatib berilgan. Har bitta til bor ekan uning o`z gramatikasi bor.
Kurs ishi mavzusining vazifalari:mazkur kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Fors tili gramatikasi haqida qisqacha ma’lumot berish;
Fors tilida gap qanday ifodalanishini ochib berish;
Sodda gapning ifodalanishini ko`rsatish;
Shaxssiz sodda gap
Yoyiq sodda gaplarda so`z tartibi;
O`zbek tilidagi shaxssiz sodda gapning Fors tilidagi shaxssiz sodda gap bilan o`xshashligini ochib berish;
Kurs ishi mavzusining nazariy-metodologik asoslari va metodlari.
Fors tilida shaxssiz sodda gaplar va uning ifodalanishini ochib beruvchi ilmiy kitoblar, ularga bag`ishlangan tadqiqotlar va olimlar tomonidan yozilgan kitob va maqolalar kurs ishi uchun nazariy – metodologik asos vazifasini o`tadi. Bundan tashqari kurs ishini tahlil qilishda quyidagi metodlardan foydalanildi: mavzuga oid ilmiy nazariy adabiyotlarni o`rganish, mantiqiy bilish metodi, umumlashtirish metodi, analiz va sentez metodlari, tarixiylik, vorisiylik tamoyillari, taqqoslash metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |