Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti sharq falsafasi va madaniyati yo
Download 38.16 Kb.
|
sodda gaplar
3.Egasi topilmaydigan gap
Kesim orqali xarakatni bajaruvchi shaxsni- egani topish mumkin bo'lmagan bir sostavli gap egasi topilmaydigan gap deyiladi. Bunday gaplarda xarakatni bajaruvchi shaxs-ega umuman qatnashmaydi. Uni kiritib xam bo'lmaydi, gapning kesmi orqali aniqlab xam bo'lmaydi. Egasi topilmaydigan gapning kesmi ko'pincha sostavli bo'ladi. U fe'lning 3-shaxs formasi bilan ifodalanadi. Egasi topilmas gaplarning kesmi quydagicha aniqlanadi. 1. Ravishdosh xamda bo'ladi-bo'lmaydi bilan. Oyni etak bilan yopib bo'lmaydi.Egasi topilmaydigan gaplarning kesmi ravishdosh hamda “Bo'lmas ekan” shaklida ifodalanishi xam mumkin. Sizdan xech narsani sir tutib bo'lmas ekan. Egasi topilmaydigan gapning kesmi ba'zan shart maylidagi fe'l bilan xamda bo'ladi- bo'lmaydi shaklda. Bir epini qilsa bo'ladi. Bug'doydan go'ja osh qaynatsa bo'ladi. Egasi topilmaydigan gapning bu tipida xarakatning bajarilishiga yo'l qo'yilishi yoki yo'l qo'yilmasligi ifoda qilinyapti. 2. Xarakat nomi xamda kerak, zarur,lozim, darkor, mumkin so'zlarning biri bilan: Bu ishlarning barchasini bajarish mumkin. Ba'zan xarakat nomi o'rnida belgi oti kelishi mumkin. Buning uchun birinchi galda dalillik kerak.(O) Egasi topilmaydigan gapning bu tipida ish-xarakat yoki xolatini bajarish majburiy yoki zaruriyligini, majburiy yoki zaruri emasligini ifoda qilinyapti. 3. Majxul nisbatning affiksini olgan fe'l bilan. To'rt-besh kundan keyin terimga tushiladi. (S.Z.) Egasi topilmaydigan gaplarning bu tipida kishi istagi, irodasiga bog'li bo'lmagan xarakat yoki xolat ifoda qilinyapdi. 4. “To'g'ri so'zi” xamda kelmoq fe'lining tuslangan formasi bilan. Rejani yana qaytadan ko'rib chiqishga to'g'ri keladi. Egasi topilmaydigan gapning bu turida noilojlikdan kelib chiqqan zaruryatning bajarilishi yoki bajarmasligiga ifoda qilinyapdi. Download 38.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling