Kurs ishi mavzusining o`rganilganlik darajasi: Fors tilshunosligi keyingi yillarda bir qator yutuqlarni qo`lga kiritdi. Masalan A.A. Vohidovning “Sodda gap sintaksisi ( Fors tili)” (2009), Zunnurning “" دستور پارسی: درصرف و نحو زبانی فارسی (1373), Malik Abdusamadovning “Fors tili” darsligi (2007), A. Quronbekov “Fors tili” darsligi (2006) kabi asarlarida fors tilida sodda gaplar tahlili keng ochib berilgan. Bundan tashqari Doktor Vohidian tomonidan ham fors tili grammatikasi buyicha ko`plab izlanishlar olib borilgan. Doktor Anvariy/ Ahmadi Givi tomonidan yozilgan Fors grammatikasi kitobi ham ancha mukammal hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Bu kurs ishida Fors tilida sodda gap va uning ifodalanishi va tahlilini qisman bo`lsada ochib berishga harakat qilingan. Fors tilida va o`zbek tilida sodda gap qanday darajada bir biriga o`xshashliklari va farqlari ko`rsatib berilgan. Har bitta til bor ekan uning o`z gramatikasi bor.
Kurs ishi mavzusining vazifalari:mazkur kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Fors tili gramatikasi haqida qisqacha ma’lumot berish;
Fors tilida gap qanday ifodalanishini ochib berish;
Sodda gapning ifodalanishini ko`rsatish;
Yoyiq sodda gaplarda so`z tartibi;
O`zbek tilidagi sodda gapning Fors tilidagi sodda gap bilan o`xshashligini ochib berish;
Kurs ishi mavzusining nazariy-metodologik asoslari va metodlari.
Fors tilida sodda gaplar va uning ifodalanishini ochib beruvchi ilmiy kitoblar, ularga bag`ishlangan tadqiqotlar va olimlar tomonidan yozilgan kitob va maqolalar kurs ishi uchun nazariy – metodologik asos vazifasini o`tadi. Bundan tashqari kurs ishini tahlil qilishda quyidagi metodlardan foydalanildi: mavzuga oid ilmiy nazariy adabiyotlarni o`rganish, mantiqiy bilish metodi, umumlashtirish metodi, analiz va sentez metodlari, tarixiylik, vorisiylik tamoyillari, taqqoslash metodi.
Kurs ishi mavzusining ob’ekti. Kurs ishining ob’ekti – fors tilida sodda gaplar va uning qanday ifodalanishini ochib berish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |