Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarix va falsafa fakulteti sharq mamlakatlar tarixi yo


Yoyiq va sodda gaplarning o’zaro farqli jihatlari


Download 51.19 Kb.
bet6/9
Sana13.05.2023
Hajmi51.19 Kb.
#1456457
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sodda gaplar. Jamshid

Yoyiq va sodda gaplarning o’zaro farqli jihatlari
Fors tilida orttirma nisbat ham o`timli va ham o`timsiz fe’llardan yasalishi mumkin.

  1. O`timsiz fe’llardan o`timli ma’noga ega bo`lgan fe’l hosil qilinadi. Bunday o`timli ma’nodagi fe’llar odatda را ko`makchisi olgan vositasiz to`ldiruvchini talab qiladi3. Masalan:

سلام ترا به او رساندم. Salom-e to`ro be u rasondam. Sening salomingni unga yetkazdim.
من روز تعطیل را با خواندن کتاب گذراندم. Man ruz-e ta’tilro bo xondan-e ketob go`zarondam. Men dam olish kunini kitob o`qish bilan o`tkazdim.

  1. O`timli fe’llardan esa yana o`timsiz fe’l hosil qilish bilan birga, ish-harakatni boshqa subyektga bajartirish, majbur qilish kabi ma’nolarni anglatuvchi fe’l yasaladi. Bu xildagi o`timli fe’llar ikkita to`ldiruvchi talab qilib, biri vositasiz to`ldiruvchi va ikkinchisi به be predlogi olgan vositali to`ldiruvchidan iborat bo`ladi. Masalan:

او به برادر کوچکش غذا می خوراند. U be barodar-e kuchekash g`azo mixo`rand. U ukasiga ovqat yegizyapti.
چون هوا سرد بهود مادر به پسرش لباس زمستانی پوشاند. Chun havo sard bud modar be pesarash lebos-e zemestoni pushond. Havo sovuq bo`lgani uchun, ona bolasiga qishki, kiyim kiygizdi.
Yoyiq sodda gapdagi so`z tarkibi quyidagicha tasnif etish mumkin4:

  1. Ega, vositasiz to`ldiruvchi, kesim:

دانشجو نامه می نویسد. Doneshju nome minavisad. Talaba xat yozyapti.

  1. Agar gapda ham vositali, ham vositasiz to`ldiruvchi bo`lsa: a) را ko`makchisi bilan kelgan vositasiz to`ldiruvchi vositali to`diruvchdan avval; b) را ro ko`makchisiz kelgan vositasiz to`ldiruvchi vositali to`ldiruvchidan keyin keladi:

دانشجو نامه را به دوستش نوشت. Talaba xatni do`stiga yozdi.
دانشجو به دوستش نامه نوشت. Talaba do`stiga xat yozdi.

  1. Payt yoki o`rin holi, ega, vositasiz to`ldiruvchi, kesim5:

دیروز دانشجو سر درس نیامد Diruz doneshju sar-e dars nayomad. Kecha talaba darsga kelmadi.
در دانشکده دانشجویان جمع شدند. Dar doneshkade doneshjuyon jam’ sho`dand. Fakultetda talabalar yig`ilishdi.

  1. Payt holi, o`rin holi, ega, vositasiz to`ldiruvchi, kesim:

دیروز در دانشکده دانشجویان جمع شدند. Diruz dar doneshkade doneshjuyon jam’ sho`dand.

  1. Ega va to`ldiruvchilarning o`z aniqlovchilari ham bo`lishi mumkin. Bunda izofali so`z birikmasidagi tartib butunlay saqlanadi.

در دانشکده خاورشنسی دانشجویان شعبه ی ایرانی جمع شدند. Dar doneshkade-ye xovarshenosi doneshjuyon-e sho`be-ye ironi jam’ sho`dand. Sharqshunoslik fakultetida Eron bo`limining talabalari yig`ilishdi.
To`ldiruvchi ergash gap bosh gapning kesimini to`ldirib keladi. To`ldiruvchi ergash gap odatda bosh gapdan keyin kelib, u bilan که ke , ergashtiruvchi bog`lovchisi orqali bog`lanadi6. Masalan:
همه می دانند که جمهوری ازبکستان طرفدار صلح پایدار است. Hame midonand ke jo`mhuri-ye o`zbekiston tarafdor-e so`lh-e poydor ast. Hamma biladiki, O`zbekiston Respublikasi mustahkam tinchlik tarafdoridir.
معلوم شد او دیروز ناخوش نبود. Ma’lum sho`d ke u diruz noxo`sh nabud. Ma’lum bo’ldiku, u kecha kasal bo`lmagan.
Umuman, to`ldiruvchi sodda gap tarkibida ishtirok etsa, kesimni to`ldiradi, ya’ni o`sha ish- harakatning nimaga yo1nalganligini, nima vositasida bajarilganligini yoki bajarilishini bildiradi.
Xuddi shuningdek, to`ldiruvchi ergash gap ham bosh gapdagi kesimni shunday usulda to`ldiradi.
To`ldiruvchi ergash gap umumiy kimni? Nimani? Nima? So`roqlariga javob bo`ladi7.
من می دانم که شما به زبن فارسی خوب حرف می زنید. Bu yerda man midonam[ من می ذانم]– bosh gap, شما به زبن فارسی خوب حرف می زنید [ sho`mo be zabone forsi xub harf mizanid] – to`ldiruvchi ergash gap. Tarjimasi: 1. Men bilamanki, siz fors tilida yaxshi gaplashasiz. 2. Men sizning fors tilida yaxshi gaplashishingizni bilaman.
Agar bosh gapning kesimi modal fe’llarning biri bilan ifodalangan bo`lsa, to`ldiruvchi ergash gapning kesimi aoristda turadi.
تو می خواهی که کادرت پیش استاد تو برود. To mixohi ke modarat pish-e ostod-e beravad. Seni onang o`qituvchining oldiga borishlarini xoxlaysan.
من از او خواهش کردم که ساعت هفت شب بیاید. Man az u xoxesh kardam ke soat-e haft-e shab beyoyad. Undan soat yettida kelishini so`radim.
To`ldiruvchi ergash gap talaffuz qilayotganda bosh gapdan pauza – to`xtalish orqali ajratiladi. Bosh gap balandroq ohangda o`qiladi.


Download 51.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling