3
1.O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Har bir lingvistik ilm til (tillar)ning ma’lum tomoni haqidagi tasavvur va bilimlar
tizimini tashkil etadi, ammo bilim va tasavvurga ega bo‘lish uchun esa yana boshqa
bir tizim - ularni qabul qila olish ko‘nikma va malakasi tizimi bo‘lish darkor.
Mazkur fan aynan shunga qaratilgan bo‘lib, uning maqsadi eng sodda va shu bilan
birga zaruriy bo‘lgan quyidagi uch savolga javob berishdan iborat.
Ilmda yangi bilimlarni qaysi yo‘l va usullar bilan qo‘lga kiritish mumkin?
Egallanayotgan bilimning kerakli darajada haqqoniyligiga qanday
erishiladi?
Qanday yo‘l bilan bilim insonga va aksincha, inson bilimga ta’sir o‘tkaza
oladi?
“Ilmiy ish asoslari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan
masalalar doirasida bakalavr:
- ilmiy ish asoslari kursining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari va metodlari;
- ilmiy ish asoslariga oid masalalarni;
- metodlarni, uning ko‘rinishlarini bilishi kerak;
- metodlarni mustaqil qo‘llay olish;
- umumiy va xususiy metodlarni farqlash;
- ilmiy ish mavzusining mohiyatini yoritish;
- tadqiqot metodlari asosida nazariy ma’lumotlarni umumlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: