Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yeon sangheum


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/38
Sana27.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1234497
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
Oʻzbek-tilida-modal-ma’noli-koʻmakchi-fe’llar-va-ularning-koreys-tilida-ifodalanishi

boʻlishi” deb nomlangan uchinchi paragrafida oʻzbek tilshunosligida -a, -y ravishdosh 
orqali birikkan modal ma’no ifodalovchi koʻmakchi fe’llarning koreys tilidagi 
ifodalanishini yoritib berilgan. 
ber koʻmakchi fe’lining koreys tilida ifodalanishi 
O‘zbek tilida ber(ver) koʻmakchi fe’li ravishdoshning -a, -y affikslari bilan 
yasalgan turiga birikkanda, harakatning bajarilishi uchun to‘siq, monelikning yo‘qligi 
kabi modal ma’nolarni bildiradi. bermoq ko‘makchi fe’li koreys tilida doim ham unga 
so‘zma-so‘z tarjima qilish orqali teng keladigan ko‘makchi fe’l bilan to‘g‘ri kelmaydi. 
bermoq ko‘makchi fe’lining ma’nosini koreys tilidagi 
주다
[juda] ko‘makchi fe’li 
orqali ifodalash mumkinki, 
주다
[juda] ko‘makchi fe’lida modal ma’nodan tashqari 
yo‘nalish ma’nosi ham mavjud. Oʻzbek tilida bermoq koʻmakchi fe’li bilan yasalgan 
gapda yetakchi fe’ldan anglashilgan ish-harakatning moneliksiz, to‘siqsiz, oson 
bajarilishi ma’nosini koreys tilida 
거뜬히
[goddinhi], 
문제없이
[munjeobshi] ravishlar 
bilan 
주다
[juda] ko‘makchi fe’lini foydalanib ifodalash mumkin. Shuningdek, oʻzbek 
tilida bermoq ko‘makchi fe’li modal ma’noni ifodalashini gapda qo‘llanga ravish 
so‘zlar ham tasdiqlashi mumkin bo‘ladi, koreys tilida bu holat esa ravish bilan 
qo‘llanish lozim. 
yoz koʻmakchi fe’lining koreys tilida ifodalanishi 
yoz koʻmakchi fe’li harakatning bajarilishiga sal qolganligi, lekin bajarilmaganligi 
(ruscha «чуть не...») ma’nosini bildiradi. yozmoq fe’li tarixan ozaymoq fe’lining 
ma’nosiga ham ega boʻlgan. Lekin hozir oʻzbek tilida ozaymoq, kam qolmoq ma’nosini 
ifodalovchi mustaqil fe’l sifatida qoʻllanmaydi. Shu ma’noni ifodalovchi koʻmakchi 
fe’l sifatida esa koʻpchilik turkiy tillarda qoʻllanadi
38

Oʻzbek va koreys tillarida ba’zan aloqada boʻlgan soʻzma-soʻz tarjimasi yozmoq 
koʻmakchi fe’li vaziyatida toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun faqatgina ma’noviy jihatga 
qarab toʻgʻri keladigan ifodalashni qoʻllanish lozim. Yozmoq koʻmakchi fe’li 
harakatning bajarilishiga sal qolganligi, lekin bajarilmaganligi ma’nosini koreys tilida
- 뻔하다
[il bbonhada]
- 가다
[o gada] va 
-으려() 하다
[iryo(goʻ) hada] 
shakllari bilan ifodalash mumkin. 
- 뻔하다
[il bbonhada] shakli oldingi gap 
koʻrsatilgan vaziyat haqiqatdan yuz bermaganligini, ammo bu holatning yuz berish 
38
Хожиев А. Ўзбек тилида кўмакчи феъллар. – Тошкент: Фан, 1966. – Б. 187. 


18 
imkoniyati yuqori darajada boʻlganligi ma’nosini ifodalaydi. Ya’ni oʻzbek tilidagi 
yozmoq koʻmakchi fe’lining modal ma’nosi bilan yaqin ma’noni angalatadi. 
가다
 
[gada] (bormoq) koʻmakchi fe’lining 
- 가다
[o gada] shakli kontekst orqali yozmoq 
koʻmakchi fe’lining harakat bajarilmaganligini bildiradi. Ma’lum soʻzlar yordamida 
soʻzlovchi oʻzi fikrini anglatish mumkinki, bu vaziyatda qoʻllanish koʻproq yozmoq 
koʻmakchi fe’lining modal ma’no bilan yaqin. 
-으려() 하다
[iryo(goʻ) hada] shakli 
hozirgi va oʻtgan zamonda qoʻllanganda farqlanadi. Hozirgi zamonda yetakchi fe’ldagi 
harakati hali bajarilmagan, lekin bajarilishi ham mumkin. Oʻtgan zamonda esa harakat 
bajarilmagani aniq. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling