Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti yeon sangheum


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/38
Sana27.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1234497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Oʻzbek-tilida-modal-ma’noli-koʻmakchi-fe’llar-va-ularning-koreys-tilida-ifodalanishi

Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada tavsiflash, tasniflash, qiyoslash va 
semantik tahlil usullaridan foydalanildi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
oʻzbek tilida modal ma’no ifodalovchi koʻmakchi fe’llarni koreys tilidagi 
koʻmakchi fe’llar bilan qiyoslash orqali ularning koreyscha koʻmakchi fe’l, koʻmakchi 
sifat, mustaqil fe’l kabi muqobil shakllariga toʻgʻri kelishi isbotlangan; 
oʻzbek tilida modal ma’no ifodalovchi 13 ta koʻmakchi fe’lning bogʻlanish 
vositasiga koʻra -(i)b va -a, -y bilan qoʻllanishi boʻyicha ajratilib, koreys tilidagi 
-/
-, -, -
kabi vositalar bilan bogʻlangan muqobil shakllar orqali ifodalash toʻgʻriligi 
dalillangan; 
har ikki tilning agglyutinativ til guruhiga kirishiga aloqador tarzda butunlay 
koʻmakchi fe’lga aylangan birorta fe’lning mavjud emasligi, “yetakchi fe’l + 
koʻmakchi fe’l” shaklida, affikslar orqali birikib, ketma-ket qoʻllanishi kabi 
universaliyalarning mavjudligi aniqlangan; 
oʻzbek tilida inkor shaklida qoʻllangan modal ma’no ifodalovchi koʻmakchi 
fe’llar koreys tilida asosan 
-
vositasida bogʻlanib, oʻzi inkor ma’noni bildiradigan 
않다, 말다
kabi koʻmakchi fe’llar bilan ifodalanishi aniqlangan. 
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 
dissertatsiya natijalari o‘zbek va koreys xalqlari o‘rtasida ijtimoiy-madaniy 
aloqalarning rivojlanishiga hissa bo‘lib qo‘shilgan; 
oʻzbek tilidagi modal ma’noli koʻmakchi fe’llarning ifodalashini aniqlash orqali 
uning koreys tilidagi muqobil shakllari belgilandi va buning natijasida o‘rganilayotgan 
tillarning qulay va samarali o‘zlashtirish usullari ishlab chiqilgan; 
oʻzbek va koreys tillaridagi koʻmakchi fe’llarning qiyosiy tadqiqi orqali qarindosh 
tillarning umumiy va o‘ziga xos jihatlari haqida xulosalarga kelindi; 
oʻzbek va koreys tillaridagi koʻmakchi fe’llar lug‘atini tuzish imkoni paydo bo‘ldi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling