Toshkent davlat stomatologiya instituti
Download 0.67 Mb.
|
Mavzu 11 Tashqi burun. Burun bo‘shlig‘i devorini tuzilishi
Hiqildoq - larynxHiqildoq IV-VI bo`yin umurtqalari sohasida, bo`yinning oldingi yuzasida joylashgan. Orqa tomondan xalqum, yon tomonidan esa bo`yindan o`tuvchi qon tomir va nervlar bilan o`ralib turadi. Hiqildoq yuqori tomonda til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa bir oz torayib, kekirdakga (traxeyaga) davom etadi. Hiqildoq juft va toq tog`aylarning, boylamlarning va mushaklarning birikuvidan hosil bo`ladi. Hiqildoq quyidagi tog`aylardan tashkil topadi: 1) uzuksimon tog`ay - cartilago cricoidea; 2) qalqonsimon tog`ay - cartilago thyroidea; 3) cho`michsimon tog`ay - cartilago arytenoidea; 4) hiqildoq usti tog`ayi - cartilago epiglottis; 5) shoxsimon tog`ay - cartilago corniculate; 6) ponasimon tog`aylar - cartilago cuneiformis. Uzuksimon tog`ay xalqasimon shaklda bo`lib, hiqildoq asosida joylashgan. Orqa sohasida kengroq lamina, oldingi va yon sohalar yoysimon arcus qismlari bo`ladi. Uzuksimon tog`ay orqa sohasida chumichsimon tog`ay bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza – facies articularis arytenoidea, oldingi sohada esa qalqonsimon tog`ay bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza facies articularis thyroidea bo`ladi. Qalqonsimon tog`ay ikki bo`lak laminae dextra et sinistra lar dan hosil bo`lib, ularning o`zaro birikishi natijasida bo`rtib chiqqan burchak prominentia laryngea tashkil bo`ladi. Bu hosila erkaklarda o`tkir Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling