Fakultet: stomotologiya 204-B gurux talabasi Mavzu: Nurli va kimyoviy sharoitlarni baholash uslubi. - Kimyoviy sharoit deganda dushman tomonidan kimyoviy qurol qo'llash natijasida paydo boʻlgan zararlanish o'chog'ining sanoat obyektlari ishiga va kishilarning hayot faoliyatiga ma’lum darajada ta’sir qilishi tushuniladi.
Kimyoviy sharoitni baholash quyidagicha o’tkaziladi: - 1) Kimyoviy zararlanish o'chog'i kartaga (chizmaga) razvedka ma'lumotlari to'liq olib bo'lingandan so'ng chizib ko'rsatiladi va zaxarlovchi moddalar bulutining taxminiy ichkariga tarqalishi hamda uning turg'unligi ko'rsatiladi. Dushman tomonidan kimyoviy qurol zarbasiga uchragan joylar kartaga koʻk qalam bilan aylana shaklida (aviatsiya tomonidan qoʻllanilganda oval shaklida) chiziladi, strelka bilan ko'rsatilgan yoʻnalishi, uzun strelka bilan esa zaxarlovchi modda birlamchi bulutlarining ichkariga yo'nalishi ko'rsatiladi.
Aylana ichi yoki oval shakl ichi sariq rangga bo'yaladi. Buning yoniga qo'llanilgan zaxarlovchi moddaning turi, qoʻllanilgan vosita hamda uning qo'llanilgan vaqti yoziladi. Kimyoviy zararlanish tumani kartaga (chizmaga) haqiqiy zararlanish joyiga mos kelgan holda tushiriladi. Shuningdek, bu yerda zararlanish o'chog'iga bevosita tushib qolgan boʻlinmalar, qismlar ham belgilanadi. - Aylana ichi yoki oval shakl ichi sariq rangga bo'yaladi. Buning yoniga qo'llanilgan zaxarlovchi moddaning turi, qoʻllanilgan vosita hamda uning qo'llanilgan vaqti yoziladi. Kimyoviy zararlanish tumani kartaga (chizmaga) haqiqiy zararlanish joyiga mos kelgan holda tushiriladi. Shuningdek, bu yerda zararlanish o'chog'iga bevosita tushib qolgan boʻlinmalar, qismlar ham belgilanadi.
- 2) Zaxarli kontsentratsiyada zaxarlovchi moddadan zaxarlangan atmosfera bulutining tarqalish chuqurligi (ichkariga tarqalishi) taxminan aniqlanadi. Zaxarlovchi modda bulutining harakat tezligi shamolning tezligiga bog'liq bo'ladi, tarqalish chuqurligi esa zaxarlovchi moddaning turiga, fizik-kimyoviy xossasiga, shamol tezligiga, joylarning xususiyatlariga va atmosferaning vertikal chidamligiga bog'liq bo'ladi. Atmosferaning vertikal chidamligi darajasi quyidagi jadval yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |