Toshkent Davlat Texnika Universiteti Mavzu: Aksiz Solig’ini hisoblash va Byudjetga o’tkazish tartibi. Bajardi: Qasimbekov Azizbek Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi


Aksiz to‘lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir


Download 28.65 Kb.
bet2/4
Sana02.01.2022
Hajmi28.65 Kb.
#201853
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
soliq

Aksiz to‘lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:

  • Eksport qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarni yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt.

  • Tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi.

  • O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.

  • Aksiz to‘lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘langan aksiz solig‘i summasi chegirib tashlanadi.

  • Aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksiz solig‘ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi.

  • Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga to‘g‘ri keladigan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aksiz solig‘ining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga nisbatan amalga oshiriladi.

  • Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan aksiz to‘lanadigan tovarlar topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aksiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarning mulkdori aksiz solig‘i to‘laganligini tasdiqlashi sharti bilan qo‘llaniladi.


Download 28.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling