Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Muhandislik Texnologiyalari Fakulteti
Biotibbiyot Muhandisligi Yo’nalishi
137-22 Guruh Talabasi
Sattorov Adhamning
Amaliyot Xisoboti.
Texnika Xafsizligi
Apparat korpusi Yoki boshqarish dastagiga bemorlar tegishi taqiqlanadi.
Bemor uchun tok intensevligi moslagichi muolajalardan oldin har doim oxirgi chap holatda bo’lishi kerak.
Apparat va Elektrodlar tugmasini ulagandan so’ng bemorga ulangan Elektrodlar va O’tkazgichlarni almashtirish qat’iyan taqiqlanadi.
Har qanday ulagichlarni ishga tushirishdan oldin bemordagi tok intensevligi boshqaruvchi dastag oxirgi chap holatda bo’lishi kerak.
Rengen Apparatini ishlash pirintsipi
va Hususiyatlari
Rentgen apparati — rentgen nurlarini hosil qilish va ulardan foydalanish uchun moʻljallangan qurilma. Rentgen apparati rentgenodiagnostika, rentgenoterapiya va rentgen analizida ishlatiladigan turlarga boʻlinadi. Rentgen apparatining muqim (rentgen kabinetlarida, lab. Va boshqa maxsus xonalarda ishlaydigan va boshqalar) va koʻchma (qoʻlda olib yuriladigan) xillari boʻladi. Rentgen apparati rentgen trubkasi, transformator va toʻgʻrilagichdan, Rentgen apparatini boshkarish va nazorat qilish pulti, oʻrganiladigan obʼyekt va rentgen trubkasi urnatiladigan shtativdan iborat. Rentgen trubkasi (rasmga q.) elektrovakuum asbob; unda rentgen nurlari hosil qilinadi. Asosiy qismlari: anod (rentgen nurlari manbai), katod (elektronlar manbai) va qobiq (kolba). Anodga yuqori kuchlanish berilganda anod sirtida tezlashgan elektronlar oqimi tufayli bombardimon sodir buladi. Hosil bulgan kinetik energiyaning bir qismi rentgen nurlariga, kup qismi issiqlik energiyasiga aylanadi. Rentgen apparati ishlayotganda xavfsizlikni taʼminlash uchun yuqori kuchlanish ostidagi qismlari muhofaza qilib qoʻyiladi, signalizatsiya tizimi buladi; Rentgen apparatining baʼzi qismlari va apparat oʻrnatilgan xona blokirovka qilinadi, rentgen nurlaridan himoya qilish vositalaridan foydalaniladi.
Tibbiyotda Rentgen apparati yordamida organlarni koʻrish, suratini olishdan tashqari, flyuorografiya oʻtkazish mumkin. Muqim Rentgen apparatiga organlarni qavatmaqavat kuzatish (tomografiya), yurak va qon tomirlarini kontrast tekshirish (antiografiya) uchun alohida moslamalar oʻrnatiladi. Rentgen apparatidagi elektronoptik oʻzgartirgich tekshirilayotgan obʼyektdagi eng mayda organ va boshqalarni ham koʻrish, uni kinoga olish hamda televizion yoʻl bilan kuzatish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |