18.3. Kompressor qudug’i usti jixozlari
Kompressor qudug’iga usti armaturasi o’rnatilib, u quduqqa tushirilgan quvurlar tizmasini ko’tarish, quvurlar oralig’ini zichlash, quduq maxsulotini chiqish chizig’iga yo’llash va siqilgan gaz yoki havoni quduqqa yo’naltirish uchun xizmat qiladi.
Quduq tavsifiga qarab har-xil turdagi armaturalardan foydalaniladi. Agar quduq bosimi ishlatish vaqtida uncha katta bo’lmasa, bir yoki ikki chiqishli engil turdagi armaturadan foydalaniladi.
Quduqni ishga tushirish va ishlatish jarayonlarini bajarish uchun, ishlatish vaqtida uchraydigan murakkabliklarni bartaraf etish, quduq usti jixozlari chiqish va gaz haydash chiziqlari bilan ta’minlangan bo’ladi. Eng sodda kompressor qudug’i usti jixozi 21-rasmda keltirilgan.
21-rasm. Kompressor qudug’i usti jixozlanish tarxi.
18.4. Kompressor qudug’ini ishga qo’shish
Kompressor ko’targichni ishlatish uchun gazni ko’taruvchi quvur boshmog’igacha haydash kerak bo’ladi. Bir qatorli ko’targichda shu xalqa tizimidan haydalganda, suyuqlikni pastga siqadi va u ko’taruvchi quvur tizmasiga va bir qismi qatlamga ketadi. Xaydalgan gaz ta’sirida ko’taruvchi quvur tizmasida suyulik satxi ortadi va uning ta’sirida ishchi agent bosimi maksimal bosimga erishadi. Bu bosim ishga tushirish bosimi (yoki haydovchi) deb ataladi. Bu vaqtda ishchi agent bosimi ko’taruvchi quvurga kiradi va yuqoriga suyuqlikni ko’tarib harakatlanadi. Bosim tushishi seziladi. Bundan keyin sath birdan kamayadi, bosim tushadi, qazib olinayotgan maxsulot miqdori kamayadi. Quduq tubi va quduq bo’yidagi suyuqlik hosil qilgan bosimlar orasidagi farq sezilarli ko’rinishga ega bo’ladi va qatlamdagi quduq tomon suyuqlik oqib kela boshlaydi. Quduqqa asta-sekin dinamik sath o’rnatiladi, bu vaqtda quduqdan olinayotgan suyuqlik va qatlamdan quduqqa ketayotgan suyuqliklar miqdori tenglashadi. Quduq normal ishlay boshlaydi. Bu paytdagi bosim ishchi bosim deb ataladi.
Ko’taruvchi quvur pastki uchidan dinamik sathgacha oraliqdagi masofa, botirilish chuqurligi deb ataladi.
Ikki qatorli ko’targichda haydalayotgan suyuqlik ishlatish quvurlari tizmasi va ikkinchi qator quvurlari oralig’i va ko’taruvchi quvurlarga, qisman qatlamga ketadi. Shuning uchun ko’taruvchi quvurda suyuqlik sathi pasayadi, natijada ishga tushirish bosimi kichik bo’ladi.
Quduqni markaziy tizimdan ishga tushirishdagi bosim, xalqali tizimda ishga tushirishdagiga nisbatan kichik bo’ladi. Ishga tushirish bosimi ko’targich bosimiga, quduq diametri, quduqdagi suyuqlik sathiga, ko’taruvchi quvur botirilish chuqurligiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |