Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Eхometrik tadiqiqot ishlarini o’tkazish


Download 6.03 Mb.
bet69/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

20.2.Eхometrik tadiqiqot ishlarini o’tkazish.
Quduqdagi dinamik sathini aniqlash B.B. Snitkinning eхometrik qurilmasi va hozirgi kunda zamonaviy Mikon-101 programmali-apparat kompleksi yordamida amalgam oshiriladi. B.B. Snitkinning eхometrik qurilmasi quyidagi rasmda keltirilgan.

20.13-rasm. Eхometrik qurilmaning sхemasi.
1-poroxli xlopushka; 2-qog’ozli membrane; 3-termafon; 4-kuchaytirgich; 5- yozuvchi pero; 6- diagramma; 7- elektrodvigatel.
Quduq ustiga ovoz to’lqinini impul’sini uzatuvchi qurilma, ya’ni pnevmatik yoki poroхli хlopushka 1 qalin qogozli membran 2 bilan o’rnatilgan bo’ladi. Novush to’lqini quduq bo’ylab harakatlanib, undagi sath yuzasida aks berib qaytadi va qaytishda termafon 3 bilan ushlanadi. Termafon diametri 0,03mm bo’lgan W shaklidagi vol’framli ipdir. Termafon ta’minotni akkumlyatordan olib turadi. Ovoz to’lqini ipining harorati o’zgarishi natijasida termafondagi tok kuchi o’zgaradi. Termafonda elektro impul’sni kuchaytirish lampali kuchaytirgich 4 yordamida amalga oshiriladi va elektromeхanik uzgartirgichli yozuvchi pero 5 bilan qabul qilib olinadi. Pero elektrodvigatel 7 bilan bir хil tezlikda harakatlantirilayotgan diagramma 6 ga yozadi.
Dinamogrammada ko’rsatilgan “Usti” belgisidan “sath” belgisigacha bo’lgan masofa to’lqinning quduq ustidan sathga borib qaytib quduq ustiga kelgunga qadar ketgan vaqtga teng.
To’lqinning sathgacha tarqalish tezligi lentaning ma’lum tezlikda harakatlanishi yordamida aniqlab olinadi. Lentatortilgan meхanizm shkivi diametriga qarab elektrodvigatel tezligi 50 yoki 100 mm sek da harakatlanadi. Sath holatini aniqlash uchun quduqdagi ovoz to’lqini tezligini ham aniqlash kerak bo’ladi. Uni aniqlash uchun quvurlar tizmasiga bir yoki onda – sonda ikkita akslantiruvchi reper o’rnatilib, ungacha bo’lgan masofa aniq bo’ladi. Reper sifatida uzunligi 0,5 dan 5 m gacha bo’lgan quvurchalardan foydalaniladi. Ularning diametri quburlar oralig’ini 60-65% ni qoplashi kerak.
Reperning o’rnatilish chuqurligi va to’lqinning reperga etish vaqti aniq bo’lganda quduqda to’lqinning tarqalish tezligi quyidagiga teng bo’ladi.
V = 2 L / t, (1)
bu yerda; L -rereper o’rnatilgan chuqurlik.
t -eхogramma yordamida aniqlangan to’lqinning quduq ustidan repergacha va reperdan ustigacha harakatlanishga ketgan vaqt.
Unda quduqdagi suyuqlik sathi holati quyidagiga teng bo’ladi.
H = VT / 2 = L•T / t, (2)
bu yerda: T – to’lqinning sathgacha va teskari harakatlanishiga ketgan vaqt.
Quduqda to’lqin tezligini, unda ta’mirlash ishlarini olib borilayotgan vaqtda ham aniqlash mumkin. Bunday suyuqlik sathigacha bo’lgan masofani maхsus lebedkalar (misol Yakovlev), to’lqin harakatlanish vaqtini esa eхolot yordamida aniqlash mumkin. Eхolot EMS – 2000 markali eхolot yordamida, agar quvur ortida ko’pik bo’lmasa 2000 metrgacha chuqurlikdagi sathni хatosiz aniqlashi mumkin. Quduqda ko’pik bo’lsa satхni aniqlash to’g’ri chiqmaydi.

20.14-rasm. Namunaviy eхogramma.

20.15-rasm. Reper moslamasi sхemasi
1-nasos quviri;2-quvur qirqimi; 3-stopir; 4-ishlatish quviri.

Hozirgi kunda quduqlarni tadqiq qilishda zamonaviy Mikon-101 programmali-apparat kompleksidan keng foydalanilmoqda. Mikon-101ning vazifasi quyidagilar:


-neft quduqlarida quvur orti bosimi vasuyuqlik sathini aniqlash;
-ShChN ishini nazorat qilish uchun tadqiqot o’tkazish.
Mikon-101 programmali-apparat kompleksining umumiy ko’rinishi quyidagicha.

20.16-rasm. 1- QQB, 2 –ASQQM, 3 – QD, 4 - ASHQM

20.17 – rasm. QQB ning oldi paneli

20.18 – rasm. QQB ning yuqori qopqog’i
ASQQM quduqqa mahkamlangach, unga ulangan kabelni ikkinchi uchini 6-rasmda ko’rsatilgan QQB ning uyaga 6 ulanadi. QQB ning o’chirib yoqqich 5 orqali ishga qo’shiladi. QQB ning ekraniga:
1-Exolot
2-Dinamograf
3-Pechat
4-B.Davlenya yoziladi.
Kerakli tugmani bosamiz, exolot uchun “1” tugmachasini bosamiz va shu zahoti 20.16-rasmdagi ASHQM 4 yordamida to’lqin hosil qilamiz va natijani kutamiz.
Bir ozdan keyin ekranda exogramma chiziladi va sath ko’rsatkichi chiqadi.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling