Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
MA’RUZA №23 Neft va gaz mahsuloti olinuvchi va haydaluvchi quduqlarni bir vaqtda va alohida ishlatish
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23.1.Bir va ikki qatorli quduqlar
MA’RUZA №23
Neft va gaz mahsuloti olinuvchi va haydaluvchi quduqlarni bir vaqtda va alohida ishlatish Ma’ruza rejasi 23.1.Bir va ikki qatorli quduqlar. 23.2.Bir yo’la alohida ishlatish yo’llari. Tayanch iboralar: Alohida quduqlar to’ri, shkiv, buriluvchi strela, guruhiy qurilmalar, so’ruvchi klapan,haydovchi klapon. 23.1.Bir va ikki qatorli quduqlar Neft konlarini ishlatish tajribasi shuni ko’rsatadiki, jami asosiy xarajatlarni yarmidan ko’pi maydonni burg’ilash va ishlatish uchun sarflanadi. Shunday ekan tavsifga (bosimi, o’kazuvchanligi va boshqalar) ega bo’lgan ko’p gorizontni ishlashda –alohida quduqlar to’rini burg’ilashga to’g’ri keladi. Boshqacha aytganda bunday ko’p qatlamli konlarni ishlatish uchun ko’p sonli quduqlar qazishga to’g’ri keladi. Xarajatlarni kamaytirish maqsadida bir yo’la alohida ishlatish usulidan foydalaniladi. Neftli maydon bir yoki bir necha quduqlar to’ri bilan burg’ilanib, bir quduq orqali bir necha maydon ochiladi. Bir yo’la-alohida ishlatish usullaridan biri bir guruh Baku injenerlari 1951 yilda taklif qilgan variantdir. Bu usulda bir quduqdan bir nechta bir-biridan ajralgan quvurlar orqali turli qatlamlarni bir vaqtda ishlatishdir. 23.1-rasmda ikki (b) va uch (a) qatorli quduqlar tuzilishi keltirilgan. Burg’ilashdan oldin er yuzasida 3m chuqurlikda shaxta qaziladi. Shaxta ishlatish quvurlari tizmasini tushirilgandan keyin ajratish uchun xizmat qiladi. Tizmani ajratish quduq ustini ma’lum masofada saqlashni ta’minlash, quduq usti jixozlarini montaj qilishni engillashtirish, ishlatish va er osti ta’mirini o’tkazish uchun xizmat qiladi. Ajratilgandan keyin quduq usti markazlari orasidagi masofa ikki qatorli quduqlarda 0,8 m ni va uch qatorlida ikki tizma orasidagi masofa 0,8 m va bu ikkalasi bilan uchinchi tizma orasidagi masofa 0,6 m ni tashqil qiladi. Tizmalar diametri bo’yicha eng ko’p tarqalgan kombinasiyalar: 1). Ikki qatorli tuzilishda. a). Har ikkala tizma 102 mm. b). Bir tizma 102 mm, ikkinchisi 127mm. v). birinchi tizma 102 mm, ikkinchisi 152 mm. g). har ikkala tizma 152 mm. 2). Uch tizmani tuzilishi uchun. a). Barcha uch tizma ham 102 mm. b). Ikki tizma 102 mm, bitta tizma 127mm. v). Ikki tizma 102 mm, bitta tizma 152mm. Ko’p qatorli quduqlar kompressor yoki nasos usulida ishlatiladi. Kompressor usulida ishlatishda quduq ustiga kichik o’lchamli armatura o’rnatiladi. Nasos usulida ishlatishda va xavfsiz xizmat ko’rsatish, er usti va er osti ta’mirlarini ikkinchi quduqni to’xtatmasdan o’tkazish uchun tebratma-dastgoh va quduq usti oralig’iga oraliq mexanizmi tebratma-dastgoh davomi sifatida beton fundamentga olraliq bloki o’rnatiladi. 23.2-rasmda 5 t yuk ko’tara oladigan oraliq bloki keltirilgan 1-metall rama; 2-buriluvchi strela; 3-himoya kojuxi; 4va5- shkivlar; 6-rolik-vtulkali zanjir; 7-kichik o’lchamli salnik. Uning takribiy qismiga metall rama 1 buriluvchi strela 2 bilan. Rama va buruluvchi strelada ikkita shkiv 4 va 5 podshivnikda berkitilgan bo’lib, ular yordamida tebratma-dastgoh orqali silliq shtokga o’rnatilgan. Balansirli tebratma-dastgoh va oraliq bloklari joylashtirilgan tarxi 23.3-rasmda keltirilgan.
Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling