Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Bir yo’la alohida ishlatish yo’llari
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
23.2.Bir yo’la alohida ishlatish yo’llari
Mavjud ishlatish usullarini hisobga olgan holda nazariy jihatdan qo’yidagi kombinasiyalarni qo’llash mumkin. favvora-favvora favvora-kopressor ko’targich. kopressor ko’targich- favvora. nasos-favvora. favvora- nasos. kopressor ko’targich-kopressor ko’targich. nasos-kopressor ko’targich. kopressor ko’targich-nasos. nasos-nasos. 23.4-rasmda ikki qatlamni favvora-favvora sxemasi bo’yicha alohida ishlatishda qo’llaniladigan quduq jixozlari keltirilgan. Quduqqa diametri 48-mm bo’lgan ikkita quvur 2 paralel tushirilgan. Bir qator quvur uchida paker 1 o’rnatilgan.pastki qatlamni ishlatuvchi quvurga sharikli ishga qo’shuvchi klapan 3 o’rnatilgan. Yuqori qatlamni ishlatuvchi quvurga uchta ishga qo’shuvchi mufta 4 o’rnatilgan. Quduq usti jixozi o’zgartma quvurga 5 va ikki qatorli salnik 6 ni planshayba, unga quvurlar osilgan bo’ladi.
Qatlamlar at aer yordamida o’zlashtiriladi. Har ikkala qatlam bir vaqtda yoki ketma-ket o’zlashtirilishi mumkin. Har-bir qatlamdan olinayotgan quduqlar maxsuloti uchlik 7 orqali guruhiy qurilmalarga uzatiladi. 23.6-rasmda ikki qatlamni chuqurlik nasosi va favvora usulida alohida ishlatilayotganda qo’llaniladigan quduqlar jixozi ko’rsatilgan bo’lib, unda quduqqa ikkita quvur 2 parallel qilib tushiriladi. Pastki qatlam nasos usulida,yuqori qatlam favvora usulida ishlatiladi. Nasos quvuri pastki qismiga paker 1 o’rnatilgan va undan yuqoriga, chuqurlik nasosi tagiga qulfli tayanch o’rnatiladi. Favvora quvuri sharikli ishga ko’yuvchi klapan 4 bilan jixozlangan bo’ladi. Quduq usti jixozlari esa o’zgartma 5 va ikki qator salnik 6li planshayba unga quvurlar osilgan bo’ladi. Yuqori qatlam uchun salnikdan keyin favvora armaturasi o’rnatiladi. Pastki qatlam uchun samovar-sal’nik o’rnatiladi. Parafinli neft quduqlarini ishlatishda, parafinning qotib qolishini oldini olish uchun kichik o’lchamli shtanga aylantiruvchi 8 o’rnatiladi. Ikki qatlamni chuqurlik nasosi bilan alohida ishlatish uchun ko’p tuzilishli jixozlar qo’llaniladi. Shu jumladan shtangali quvur nasosi eng birinchi qo’llanilgan konstruksiyalaridandir. Bunday qurilmaning tarxi 30-rasmda keltirilgan. Bu qurilmada pastki nasos sifatida suqma chuqurlik nasosi 5 dan foydalanilgan. Yuqori nasos sifatida hoshiali so’ruvchi klapan 8 bilan farqlanadigan qayta tayyorlangan standart nasosdan foydalanishgandir. U beshta klapandan tashqil topgan bo’lib, markazda emas, aylana bo’ylab joylashtirilgandir. Pastki nasos diametri 73 mm li quvur 7 da tushirilgan bo’lib, pastki qismida paker 6 va mustahkamlovchi quvurlar tizmasi 4 ulangan bo’ladi. Yuqoridagi nasos diametri 48 mm li quvur 2 va shtanga 1 da tushirilgan. Bunday qurilmada plunjerning yuqoriga haraktlanishida pastki nasos bilan pastki gorizontdan suyuqlik so’rib olinadi. Yuqori nasos bilan yuqoridagi gorizontdan olinayotgan suyuqlik bilan pastki nasosdan kelayotgan suyuqlikni birvaqtda so’rib oladi. Ikkala gorizont suyuqligi yuqori nasos silindrida aralashadi. Yuqoridagi nasos diametrini har ikkala gorizont maxsulotini qazib olish uchun mo’ljallab tanladi. AQShlarida alohida qazib olish usullari keng qo’llaniladi, ayniqsa ikki, uch, to’rt, hatto besh qatlamni favvora usulida alohida ishlatish usullaridan foydalaniladi. Quvurlarni parallel tushirish eng ko’p tarqalgan usullardan biri bo’lib hisoblanadi. Bir quduq orqali bir necha qatlamga alohida suv haydash ko’plab vositalarni iqtisod qilishga imkon beradi. Har-bir qatlamga haydalayotgan suvlarni tartiblash quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi. Birinchi usulda har-xil o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan qatlamlarni pakerlar bilan ajratilgandan keyin, alohida oqim bilan yaxshi o’tkazuvchan qatlamga kichikroq bosim bilan, yomon o’tkazuvchan qatlamga kattaroq bosim bilan suv haydaladi. Ikkinchi usulda qatlamlar yuqoridagidek pakerlar bilan ajratilgan bo’lib, suv bir kanal orqali haydaladi; quduqda ishchi agent alohida qatlamlarga almashinish shtuseri orqali amalga oshiriladi. Bu holda quduq ustida maksimal haydash bosimi ushlab turiladi. Suvni alohida haydash ishlari 1955 yildan o’tkazish boshlandi. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling