Nazorat savollari.
Gidrodinamik tadqiqot turlarini aytib bering?
Indikator chizig‘i nima?
Indikator chizig‘iga qanda ishlov beriladi?
Berilganlar bo‘yicha mahsuldorlik koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
30-amaliy mashg’ulot. Mavzu. Chiziqli modeldan olinayotgan mahsulotning suvlanganligini aniqlash
Model - bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan obektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy obyektning o'rnini shunday bosadiki, uni bevosita o'rganish haqiqiy obyekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo'yilgan masalani yechish uchun muhim bo'lmagan qismlar chiqarib tashlanadi. Bir tomondan, modellar oson o'rganiladigan bo'lishi kerak, shuning uchun ular juda murakkab bo'lrnasligi kerak - binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan nusxalar bo'ladi. Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni o'rganishdan olingan xulosalarni haqiqiy obyektlarga ham qo'llash lozim, demak, model o'rganilayotgan haqiqiy obyektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak.
Modellashtirish - deganda modellarni qurish. o'rganish va qo'llash jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o'z ichiga oladi:
1) subyekt (tadqiqotchi);
2) tadqiqot obyekti;
3) o'rganuvchi subyekt bilan o'rganilayotgan obyektning munosabatlarini vositalovchi model.
Modellashtirishning asosiy masalalari
Modellashtirishning maqsadi quyidagi amaliy masalalarni yechishdan iborat:
1) murakkab ob’yekt o`zgaruvchilari orasidagi o`zaro ta’sirni tizimli tahlil qilish;
2) ob’yektni strukturaviy va ko`rsatkichli identifikatsiyalash;
3) jarayonlarni sifat jihatdan (to`liq bo`lmagan) yoki miqdor jihatdan (atroflicha) uzoq muddatli bashorat qilish;
4) qaror qabul qilish va rejalashtirish.
O`zgaruvchilarning o`zaro ta’sirini tizimli tahlil qilish ob’yektni identifikatsiyalash ishidan oldin bajariladi. Bu narsa xususiyatli o`zgaruvchilar to`plamini topishga imkon beribgina qolmay, balki ularni chiquvchi miqdorlar va ta’sir etuvchi faktorlarga ajratish imkonini ham beradi.
Debitning o’zgarish koeffitsientiga asoslangan metodni uyumdan olinadigan zaxiralarni yuqori darajada barqaror chiqarib olish imkonini beradigan neftni qatlamdan suv bilan siqib chiqarishda qo’llab bo’lmaydi.
Bu holatda neft qazib olishni rejalashtirish ikki bosqichdan iborat bo’lishi kerak:
1) uyumdan suyuqlikni chiqarib olishni rejalashtirish;
2) quduqdan chiqarib olinayotgan mahsulotning suvlanganlik darajasini bashoratlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |