Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet126/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Favvora armatura-favvoralanayotgan qudug’i og’ziga joylashtirilgan, yuqori bosimda germatik holatni, liftli quvur birikmasi ilmog’ini, mahsulot oqimini o’tkazgich quvurlarga yetkazib berishni, qatlamlarning bir, me’yorda ishlashini ta’minlaydigan moslama. Favvoral armatura moslamasi yuqori bosimga chidamli qilib yasaladi. Shuning uchun bu moslama liftli quvurlardagi va quduqdan chiqayotgan mahsulotlardagi bosimlarni olchash va quduqni o’zlashtirish jarayonida gazlarni chiqarish yoki yopishga imkon beradi. Bular yordamida favvora quduqlar nazorat qilinib tartibga solinadi, zarur paytda esa favvora berkitiladi.
Langar-qo’zg’almas o’q atrofida tebranma harakat qiladigan bir yoki ikki yelkali richag; nasoslar, burg’ilash dastgohlari uchun xizmat qiladi.
Chig,ir barabani-chig’irning asosiy qismi hisoblanib, chig’ir bilan birga ishlaydi.
quvurlar birikmasini Mustahkamlovchi boshmoQ-burg’ilash qudug’i devorlarini mustahkamlaydigan quvurlarning quyi qismiga o’rnatiladigan qalin devorli katta quvur. U o’zining og’irlikka chidamliligi bilan farqlanadi.
Talli blok-yuk ko’taradigan g’altakli sistema. Talli blokning yuk ko’tarish imkoniyati chuqur quduq qazilganda 300-400 t, kolonkali burg’ilash uchun 10, 12, 20,25 va 35 t. teng.
Asosiy val-dvigatekdan hamma dastgoh mexanizmlariga aylanma harakat berish uchun xizmat qiladi.
Vanna-burg’ quduqlarini kovlash jarayonida quduq devorlaridagi tog’ jinslarining o’pirilishi natijasida qisilib qolgan burg’ilash quvurlarini chiqarib olishga mo’ljallangan. Bunda burg’ qudug’ining quvurlar qisilib qolgan oralig’iga neft, suv, kislota haydalib vanna tashkil qilinadi.
quduqlarni ishga tushirish-burg’ilash ishlari tamomlangan, geologik-texnik naryadi va geologik kesimi tuzilgan, maxsus komissiya tamonidan qabul qilingan, tog’-nazorat idorasining yozma ruxsati bo’lgan quduqlarni ishga tushirishga ruxsat etish jarayoni.
ventil’ (Jo’mrak-quvurlarning ma’lum qismlarini qo’shib-ajratib turadigan, shuningdek quvurlardagi harakatlanuvchi suyuqlikni, gaz berish miqdorini rostlaydigan berkitish-ochish moslamasi.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling