3. “NEFT VA GAZ QAZIB OLISH TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI” FANIDAN IZOHLI LUG’AT – GLOSSARIY
halokat (avariya-geologik, tektonik, texnik va texnologik jarayonlar ta’sirida burg’ilash quvurlari devorlarining o’pirilishi, burg’ilash asboblarining shikastlanishi dvigatel, mexanizim, elektr simi va elektrapparatlarning buzilishi.
Avtomatik to’sqich-ikki tamondagi bosimlar farqi hisobiga avtomatik ochilib-yopiluvchi, nasos va kompessorlarda ishlatiladigan to’sqich.
Avtomatik rostlagich- -mexanizm, mashina va boshqa ish rejasini avtomatik tartibga solib turadigan moslama. Rostlanadigan parametrga qarab, bosim, sath, harorat, namlik, tezlik, kuchlanish, tok, chastota, quvvat va boshqa avtomatik rostlagichlar bo’ladi.
Anomaliyali qatlam harorati-katta tektonik struktura elimentlari qatlami uchun xarakterli bo’lgan haroratga nisbatan mahalliy (lokal’) strukturalardagi haroratning krskin o’zgarishi. Qatlam anamaliyalari yuqori va past haroratli bo’ladi. Ularning paydo bo’lishiga tabiatdagi omillar (litologik, tektonik, gidrogeologik) va ayrim hollarda texnogen (qatlam sharoitida yotuvchi foydali qazilmalarning o’z-o’zidan yonishi, suvlarning ma’lum hajmini haydash kabi) jarayonlar ta’sir qiladi odatda anomaliyali qatlam anomaliyasining og’ishi fon haroratiga nisbatan bir necha o’n gradusni tashkil qiladi.
Qatlamning anomal yuqori bosimi-qatlam ichidagi neft va gaz uyumi bosimining o’lchanayotgan qatlamning gipsometrik belgi (nishon) nuqtasidagi gidrostatik bosimdan yuqori bo’lishi.
Qatlamning anomal past bosimi- -qatlam ichidagi neft va gaz uyumi bosimning o’lchanayotgan qatlamning gipsometrik belgi (nishon) nuqtasidagi gidrostatik bosimdan past bo’lishi.
Anomaliyali qovushqoq neft-o’zining oqishi bo’yicha N’yutonning qovushqoqlik ishqalanish qonuniga bo’ysinmaydigan neft.
Gidrodinamik anomaliya-ma’lum bir joy yer osti suvlari gidrodinamik ko’rsatkichlari (harakat tezligi, qatlam bosimi) ning shu joyning fon ko’rsatkichlardan yuqoriroq bo’lishi.
Antiklinal-yoyi yuqoriga qaragan burma antiklinalning qavariq yeri antiklinal markazi, yon tamonlari qanotlari hisoblanadi. Uning markazida qadimiy jinslar, qanotlarida yosh jinslar joylashgan bo’ladi. Antiklinal burmalar bir qancha kichik antiklinal va sinklinallardan iborat bo’ladi. O’zbekistondagi hamma tog’lar (shimoliy Nurota, Turkiston, Zarafshon, Chotqol tizimlari) antiklinal burmalarga kiradi. Metall boyliklarining ko’pchiligi, neft va gaz konlari ana shu antiklinal tizmalarda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |