Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet133/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Gaz o’tkazuvchanlik -har xil tog’ jinslarining gaz o’tkazish qobilyati. Suvdan, neftdan bo’sh g’ovak, kovak, teshik va yoriqlardan gazning tarqalishi har xil bosimlar bilan belgilanadi. Gaz o’tkazuvchanlik darsi birliklarida ifodalanadi. Qum va qumtoshlarning gaz o’tkazuvchanligi 2-3 darsi, ko’pincha bir necha o’nlab millidarsini tashkil etadi. Lekin ko’p o’tkazuvchan jinslarda gaz o’tkazuvchanlik 10-3 dan 10-6 gacha darsini tashkil qiladi.
Geologiya -yerning tarkibini, ichki va tashqi tuzilishini, tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini, tektonik harakatlarini, cho’kindi, metamorfik va magmatik jinslar bilan bog’liq bo’lgan ma’dan konlarini, neft-gaz va yer osti suvlarining paydo bo’lishini, shuningdek yer po’stida sodir bo’ladigan har xil geologik jarayonlarni o’rganadigan fan. Bu fan bir-biriga bog’liq bir necha sohalarni o’z ichiga oladi.
Dinamik geologiya - yer po’sti va ust qismida bo’ladigan geologik jarayonlarning kelib chiqishini o’rganadigan fan. Bularga vulkan faoliyati, tog’ paydo bo’lishi, suv va havoning yer yuziga ta’siri va boshqalar kiradi.
Geologik - tarkibi va yoshi turlicha cho’kindi, magmatik va vulkanik jinslar, uzilmalar va burmalarning yotishi shakllarini vertikal (tik) tekislikka tushirilgan tasviri. Geologik kesim tog’ jinsi va strukturalarning yo’nalishiga ko’ndalang qilib, ayrim hollarda esa biror burchak asosida tuziladi. Geologik kesim geologik xaritalarni oydinlashtiradi va to’ldiradi. Geologik kesim tuzishda geologik xarita tuzish, burg’ilash va geofizika ishlarining natijasidan foydalaniladi. Geologik kesim regional (1:1000000) mufassal (1:1000-1:50) masshtabda bo’ladi. Geologik kesimning vertikal va gorizontal masshtabi bir xil qilib olinadi. Ayrim hollarda vertikal masshtab gorizontal masshtabga nisbatan 20-50 va xatto 200 baravar katta olinishi mumkin.
Neft va gaz geologiyasi - yer qobig’ida neft va gaz to’planishi va ularning hosil bo’lish qonuniyatlarini o’rganadigan fan. Shuningdek neft va gaz konlari uyumlarini qidirish, ishlab chiqarishga topshirish, ularning yer yuzidagi va havzalaridagi zahira miqdorlarini aniqlash, qazib chiqarishga tayyorlash sharoitlarini o’rganadi.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling