Qatlam bosimini tiklash -burg’ilash jarayonida qatlam bosimini tiklash burg’ilash eritmalariga ma’lum miqdorda har xil og’irlashtirgich (barit, gematit) larni qo’shib amalga oshirishga asoslangan.
quduqni vaqtincha to’xtatish -burg’ qudug’ini sinash jarayonida mahsuldor qatlamlardan sanoatga yaroqli miqdorda neft va gaz zahirasi aniqlanadi qazib olishga topshirish sharti bilan burg’ qudug’ini vaqtincha to’xtatilib qo’yilishi.
Neft va gaz qatlamlarni ochish -burg’ qudug’iga yerdanda mahsuldor neft va gaz qatlamlarini ochish. Burg’ilash jarayonida ochiladigan neft va gaz qatlamlarini to’yinganlik darajasiga qarab kam to’yingan va to’yingan (ochish jarayonida favvoralanishi mumkin bo’lgan) qatlamlar guruhida ajratiladi.
Mahsuldor qatlamni ochish -mahsuldor qatlamlarni ochish bir necha yo’nalishda amalga oshiriladi: 1) burg’ qudug’ mahsuldor qatlamning shipigacha kovlanib, oraliq quvurlar yordamida sementlanadi. Keyin mahsuldor qatlam ochilib, burg’ qudug’iga suzgich tushiriladi. Bu holda oraliq quvurlar birikmasi ekspluatatsion hisoblanadi. 2) burg’ qudug’i mahsuldor qatlamning butun qalinligi bo’yicha kovlanadi va suzgichli ekspluatatsion quvurlar birikmasi tushiriladi. Keyin majet usuli yordamida neft qatlami shipining ustki qismi semetlanadi. Bunday usullar past bosimli qatlamlarda foydalaniladi. 3) burg’ qudug’i mahsuldor qatlamning butun qalinligi bo’yicha kovlanadi. Keyin ekspluatatsion quvurlarbirikmasi tushirilib, quduq tubidan boshlab sementlanadi. Keyin mustahkamlovchi quvurlar birikmasi mahsuldor qatlamlar chiqishi uchun teshik ochiladi bunday usullar yuqori bosimli qatlamlarda foydalaniladi.
Mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochish - mahsuldor qatlamlarni ochgandan keyin, butun quduq mustahkamlovchi quvurlar birikmasi bilan mahkamlanadi va ayrim bo’shliqlar sementlanadi. Keyin quduqdagi qatlamdan neft va boshqa suyuqlik oqimini olish uchun mustahkamlovchi quvurlar birikmasida ko’p teshiklar ochiladi. Bunday teshiklarni ochish jarayoni «mahsuldor qatlamlarning ikkilamchi ochilishi» deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |