4-5-amaliy: geologo-litologik xarita va kesma tuzish Geologik xarita deb


Download 1.74 Mb.
bet1/2
Sana12.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1262200
  1   2
Bog'liq
4-5 amaliy


4-5-AMALIY: GEOLOGO-LITOLOGIK XARITA VA KESMA TUZISh
Geologik xarita deb yer yuziga chiqqan tog‘ jinslarini gorizontal yuzada kichraytirilgan masshtabda shartli belgilarda, indekslarda, ranglarda, tarkibini, yoshini, yotish sharoitini, tarqalish maydonlarini grafik usulda tavsiflovchi tarxga chizmaga aytiladi.
Geologik xarita, yer qobig‘ini yuza qismining geologik tuzilishi xaqida tushuncha beradi.
Yerning ichki qismi tuzulishini esa, geologik kesim aks ettiradi.
Geologik xarita va kesimlar yerimizning tuzilishi to‘g‘risidagi barcha bilimlarimizni mujassamlashtiruvchi g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi. Geologik xaritalar hududning geologik tuzilishining murakkabligiga va xaritadan ko‘zlangan maqsadga muvofiq turli xil masshtabda tuziladi.
Mayda masshtabli geologik xaritalar, masshtabi 1:500000 va undan kichik.
O‘rta masshtabli geologik xaritalar, masshtabi 1:200000 va 1:100000.
Yirik masshtabli xaritalar, masshtabi, 1:10000 va undan katta.
Geologik xaritalar mazmun jihatidan stratigrafik (tog‘ jinslarini yoshini aks ettiruvchi) va litologik (tog‘ jinslarining tarkibini aks ettiruvchi) turlarga bo‘linadi. Agar xaritalarda tarqalgan tog‘ jinslarining yoshi va tarkibi birgalikda tasvirlansa uni geologo-litologik xaritalar deb yuritiladi.
Geologik xaritalar topografik asosda geologik s’yomka natijalaridan foydalanib tuziladi.
Geologik xaritalarda tekis chiziqlar bilan turli tarkibdagi va yoshdagi tog‘ jinslarining chegarasi, ranglar va indekslarda (belgilar) tog‘ jinslarining yoshi (geoxronologik jadvaldan foydalanib), shtrixovkalarda tog‘ jinslarining tarkibi ko‘rsatiladi.
Ushbu mavzu bo‘yicha geologik s’yomka natijasida tuzilgan dala geologik se’yomka xaritasi beriladi. Dala geologik xaritasida geologik se’yomka natijasida aniqlangan va hujjatlashtirilgan tabiiy ochilmalar shartli belgilarda tushirilgan bo‘ladi.
Geoxronologik jadvalda qabul qilingan ranglar va belgilar



Yeralar




Davrlar:




Ranglari





Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling