Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet141/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Kalibrlangan po’lat-qizdirib prokatlangan va qo’shimcha ravishda sovuqlayin cho’zib va bir oz qisib ishlov berilgan sifatli po’lat.
Po’lat arqon-tushirish va ko’tarish jarayonida foydalanishga mo’ljallangan arqon.
quduqlarni to’liQ ta’mirlash -bu jarayon tuzatish, ta’mirlash quduqning ikkinchi stvolini qazish, tutish, ezilish va sinishlarni to’g’rilash, quvurlar birikmasi qismlarini almashtirish, quduq og’zini germeklash, izolyatsion ta’mirlash va mahsuldor qatlam faoliyatini yaxshilash kabi kompleks ishlar majmuasi.
Karbonatli kollektorlar - o’zining g’ovakligi, darzligi, kovakligi bilan neft va gazlarning hosil bo’lishiga va har xil uyum bo’lib to’planishiga ta’sir ko’rsata olish xususiyatlariga ega bo’lgan karbonat jinslar majmuasi.
Karbonatli jinslar - tarkibida 50% dan ortiq bir yoki bir necha karbonat minerallaridan tashkil topgan cho’kindi jins (oщaktosh, dolomit) lar. Ular kelib chiqishiga ko’ra xemogen va biogen bo’ladi.
Karbonatlanish- tog’ jinsi tarkibining har xil karbonatlar bilan boyishiga olib keladigan jarayonlar yig’indisi. Karbonatlanish uglekislotali suvlarning ta’sirida hosil bo’ladi. Karbonatlanishning eng ko’p tarqalgan xillari dolomitlanish va kaltsitlanish hisoblanadi.
Izobar xaritasi -teng bosimli nuqtalarni birlashtirib xarita tuzishga asoslangan.
Neft va gaz xaritasi -ma’lum bir neft va gazga mahsuldor, kollektorli hududning geologik tuzilishini va neft va gaz uyumlarining tarqalish qonuniyatlari ifodalangan xarita.
Suv bosgan quduqlar xaritasi -burg’ilash quduqlarining suv bosganlik darajasini, ifodalashga mo’ljallangan xaritalar.
Struktura xaritasi -tektonik shakllarning turlarini va morfologiyasini ifodalashga mo’ljallangan xarita.
Tutashtirish xaritasi -Izoxorlar tushirilgan xarita. U ikki stratigrafik gorizontlar orasidagi o’zgarishlarni aniqlashga asoslangan.
Tektonik xarita -yer po’sti yoki uning ayrim qismlari strukturasining taraqqiyot bosqichlari izohlangan xarita.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling