Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet144/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Quduqning tuzilishi-burg’ quduqlarining tuzilishini (chuqurligi bo’yicha burg’ diametrining o’zgarishi, mustahkamlovchi quvurlar birikmasi diametri va tushirish chuqurligi, tompanajlash joyi va usuli) tasvirlashga asoslangan. Burg’ quduq tuzilishini tanlashning dastlabki materiallariga geologik kesimdagi tog’ jinslarning fizik-mexanik xosslari asos qilib olinadi.
Nazorat qudug’i-yer osti suvlarining yuzasini, qatlamlarning bosimini, haroratini, neft va gazga to’yinganligini, neft gaz va suv kontaktlari holatini o’rganishga, namunalar olishga va har xil tajribalar o’tkazishga mo’ljallangan burg’ qudug’i. Bundan tashqari neft uyumlarini qazib olish va boshqarish jarayonlarini nazorat qiladi. Nazorat qudug’i nazorat o’lchagich asboblari yoki o’lchagich moslamalari bilan ta’minlanadi.
Gazlilik chegarasi-qatlamda tarqalgan erkin gazning gaz qalpog’i ko’rinishidagi yopiq chegarasi. Yopiq chegara orqasi tagida qatlam yotishi bo’yicha neft yoki gaz joylashgan bo’ladi.
Neftlanish chegarasi-neft uyumi tarqalishining yopiq chegarasi. Yopiq chegara orqasi tagida qatlam yotishi bo’yicha suv yotadi.
Eritmaning to’planishi- (quyuqlanishi) eritmadagi moddalarning miqdori asosan ularning zichligi, modda og’irligining eritma og’irligiga nisbati, modda og’irligining eritma hajm birligiga nisbati, moddaning gramm-molekulalar yoki gramm-ekvivalentlar sonining hajm birligiga nisbati bo’yicha aniqlanadi.
quduqni to’xtatish-burg’ qudug’ini vaqtincha berkitib, ishdan to’xtatish jarayoni.
Yemirishga bardoshlik-materiallarning yemirilishga qarshilik ko’rsata olish hossasi.
Suvga to’yinish koeffitsienti-qattiq jinslar uchun yutilgan suv miqdorini uning suvga to’yinish miqdoriga nisbati. Jismning oddiy sharoitlarda sekin-asta suvga to’yinishiga barcha g’ovaklar hajmining qancha qismi suv bilan to’yinishini ko’rsatadi. Quruq jinslarda suvga to’yinish koeffitsiyenti <0,5, nam jinslarda 0,5-0,8, suvga to’la to’yingan jinslarda 1 ga teng.
Suv beraolish koeffitsienti-to’la nam sig’imigacha to’yingan jinsdan erkin oqib chiqqan suv hajmining shu jins hajmiga nisbati.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling