Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Suyuqlik -molekulalari betartib joylashib, vaqti-vaqti bilan bir muvozanat vaziyatdan boshqasiga o’tib turadigan modda. Yuvuvchi suyuqlik


Download 6.03 Mb.
bet146/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Suyuqlik -molekulalari betartib joylashib, vaqti-vaqti bilan bir muvozanat vaziyatdan boshqasiga o’tib turadigan modda.
Yuvuvchi suyuqlik-yuvuvchi suyuqlik, quyidagi vazifalarni bajarishga asoslangan: 1. Quduq tubuini burg’ilangan tog’ jinsi zarrachalaridan tozalash; 2. Quduq devorining o’pirilishiga va gaz, neft, suvlarining kirishiga qarshi bosim tashkil qilish; 3 burg’ini, quvurburg’ini, elektrburg’ini va burg’ilash quvurlari birikmasini sovutish; 4. Burg’i va quvurburg’i qismlarini moylash; 5. Quvurburg’ilarga energiya uzatish.
quduq tubi- Burg’ilangan quduqning tubidagi yuzasi. Bu yuza burg’ilash jarayonida quduq og’zidan uzluksiz chuqurlashib borishi mumkin.
quduq tubi bosimi- Quduqlarning tubidagi bosim. Bu bosim chuqurlik monometri yordamida muntazam ravishda o’lchanadi.
Neft qatlamiga suv haydash -neft qatlamlariga maxsus burg’ilash quduqlari yordamida suv haydab neftli qatlamlardan neft olish miqdorini oshirish jarayoni. Qatlam bosimini bir xil saqlab turish uchun sun’iy ravishda suv xaydash (chegara toshiga suv xaydash chegara bo’ylab suv xaydash chegara ichra suv xaydash) metodlardan foydalaniladi.
quduqlarni tugallash-neft va gaz qatlamini burg’ilash, quduq ichini o’rovchi quvurlarini sement bilan mustahkamlash, qatlam unumdorligini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarish jarayoni.
Darsi qonuni-g’ovaksimon muhitda suyuqlik sizilish tezligining bosim gradientiga chiziqli bog’liqligini ifodalovchi qonuni: V=ki, bunda: V-sizilish tez ligi, k-sizilish koeffi- tsienti; i-bosim gradienti.
quduqlarini berkitish-ma’lum sabablarga ko’ra yoki loyihada ko’rsatilgan chuqurlik kovlanib, asosiy geologik maqsadlar amalga oshgandan keyin burg’ qudug’ining berkitilish jarayoni.
Neft uyumi-o’zidan suv, neft va gaz o’tkazmaydigan tog’ jinslarining tabiiy to’siqlaridagi sanoatga yaroqli neft uyumi. Neft va suvni ajratib turadigan yuza neft uyumining ostki yuzasi yoki suv va neftni ajratuvchi chegara hisoblanadi. Suvdan neftni ajratuvchi yuzaning qatlam tepasi (shipi) bilan kesishgan chizig’i «neft uyumining tashqi chegarasi» deb yuritiladi. Suvdan neftni ajratib turuvchi yuzaning qatlam osti bilan kesishgan nuqtasi neft uyumining ichki chegarasidir. Uglevodorodlarning tarkibiga qarab bu uyumlar neftli, gaz-neftli, gazli, gazkondensatli neft uyumlariga ajratiladi.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling