Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet142/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Quduqga kislotali ishlov berish-quduq atrofidagi tog’ jinslarini kislota bilan eritish щisobiga suv yig’uvchi, drenaj va neft quduqlari unumdorligini oshirishning kimyoviy metodi. Bunda 10-15 foizli kislotalardan foydalaniladi.
Kislotali agregat -burg’i quduqlariga kislota bilan ishlov berishga mo’ljallangan agregat.
To’sqich -mashinalar va quvuryuritmalarda gaz, bug’ yoki suyuqlik sarfini boshqaradigan detal yoxud qurilma. Mashinalar (nasoslar, kompressorlar, ichki yonuv dvigatellari, havo ufirgichlar)dagi to’sqich-gaz, bug’ yoki suyuqlikni taqsimlash yoxud ular sarfini boshqarish mexanizmining qismi.
Chiqarish to’sqichi-qorishma haydash nasosining chiqarish to’sqichi.
Teskari to’sqich - suyuqlikning teskari oqimi paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslikka asoslangan moslama.
Neftlar tasnifi -bu tasnif quyidagicha ifodalanadi: a) faqat texnik qonun-qoidalarga asoslangan va texnik maqsadlarda qo’llaniladigan neftlar tasnifi; b) kimyoviy tarkibiga asoslangan neftlar tasnifi; v) genetik asosda tuzilgan neftlar tasnifi.
Shtanga kaliti -burg’i shtangalarini burab ochish va burab yopishda qo’llaniladigan asbob.
Kalitlar -shtangalarni burab ochish va yopish uchun mo’ljallangan har xil tuzilishdagi kalitlar. Bir vaqtning o’zida ikki (tutib turuvchi va burovchi) kalitdan foydalaniladi. Kalitlarning avtomatik, vintli, gaykali, gaz uchun, ikki oshiq-moshiqli, mustahkamlovchi, quvurlar va koronkalar uchun, aylanma, yopqich tarmoqli, tashlama, osma, patronli, zanjirli va boshqa turlari mavjud.
Osma Pnevmatik kalitlar -burg’ilash va mustahkamlovchi quvurlarning qulfli, muftali, kertikli (rez’bali) ulanish joylarini burab biriktirish va mustahkamlashga mo’ljallangan kalit.
Kollektor -neft, gaz va suvlarni saqlaydigan g’ovak va darz tog’ jinslari (qum, qumtosh, dolomitlar). Kollektorlarning usti va ostki qismi gilli (to’siq) zich qatlam bilan o’ralgan bo’ladi. Kollektor jinslardagi neft va gaz miqdori uning g’ovakligiga bog’liq. Odatda, neft va gaz, qum, qumtosh jinslarida ko’p to’planadi. Kollektorning g’ovakligi 10-25% dan 40-50% ga yetishi mumkin. Farg’ona vodiysidagi yura, bo’r, paleogen va neogen davri yotqiziqlarining g’ovakligi 5-10% dan 35-37% gacha boradi. Neft va gaz konlarini qidirishda kollektorning o’rni katta. kollektorlar o’tkazuvchanligi (mkm2) bo’yicha 5 sinfga bo’linadi. 1-1 va undan katta; II–0,1-1; III-0,01-01; IV-0,001-0,01; V-0,001 dan kam.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling