Strukturalar geologiyasi - yer qobig’idagi cho’kindi, magmatik, effuziv va metamorflashgan tog’ jinslarining har xil masshtabda va tartibda yotish shakllarini (morfologiyasini) paydo bo’lish sabablarini va rivojlanish tarixini o’rganadigan soha; foydali qazilmalarni qidirish, razvedka qilish va ularni qazib olish munosabati bilan vujudga keladi va rivojlanadi.
Geofizika - yerning fizik xossalarini va unda sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rganadigan fan. U uch katta bo’limga bo’linadi: yer fizikasi, gidrofizika va atmosfera fizikasi. Bu bo’lmalarning har biri yana bir necha bo’limchalarga bo’linadi. masalan, atmosfera fizikasi bo’limi - umumiy meterologiya, dinamik meteorologiya, sinoptik meteorologiya, aviatsiya meteorologiyasi, agrometeorologiya, iqlimshunoslikga bo’linadi.
Kon geofizikasi - neft va gaz konlarini izlash va razvedka qilish maqsadida burg’ilanayotgan quduqlarda bajariladigan tadqiqotlarning geofizik metodlari majmui. Unga karatajning turli metodlari, quduqning texnik holatini nazorat qilish metodlari; neft va gaz konlarini ishlashini nazorat qilishning geofizik metodlari kiradi.
Gidravlik uzilish - neft qudug’i debitini ko’paytirish va neft chiqarishning asosiy usuli. Gidravlik uzilishlar, burg’ quduqlaridagi kollektor hisoblangan tog’ jinslarining neft o’tkazuvchanlik qobiliyatlariga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Shuningdek burg’ qudug’i tubida katta bosim ta’sirida har xil yoriq va darzliklar hosil qilinadi. Bu yoriq orqali quduq ichiga neft oqib kelishiga imkon tug’iladi.
Neft qatlamining gidravlik rejimi - neftni burg’ qudug’i tubiga haydovchi asosiy kuch atrofidagi suvlar bosimidan iborat bo’lgan rejim. Bunday burg’ quduqlari bosim va debitning doimiyligi bilan tavsiflanadi.
Gidrogel - atalasimon, tarkibida suvi bo’lgan gel.
Gidrogeologik xarita -yer po’stidagi tog’ jinslarida yer osti suvlarning yotishi, tarqalish sharoitlari, harorati, xossalari, kimyoviy tasniflarining tasvirlanishini ifodalovchi xarita.
Do'stlaringiz bilan baham: |