Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet123/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Bayon qilish formasi – referent tanlovi bo’yicha: lavhali, matnli, analitik ko’rinishda bo’lishi kerak.
Eslatma: referat yozishida adabiyotni annotatsiyalash yo’li bilan bormaslik kerak. Har bir manba faqatgina tadqiq qilinayotgan mavzu jixatidan tahlil qilinishi shart.
6. Referat matnida tez-tez uchraydigan ibora va so’z birikmalari.
«… mavzuli ishda, quyidagi tizim ko’rib chiqiladi…»
«Kirish qismida … ko’rsatib o’tilgan».
«Muallifning fikricha…»
«Birinchi bobda … masala yoritilgan».
«Ikkinchi bobda …tadqiqot qilingan».
«Muallif…deganda…nazarda to’tgan».
«Bundan tashqari… larga e’tibor qaratilgan».
«Shuningdek muallif quyidagi xulosalarga kelgan…».
«Uchinchi bobda…lar tadqiqot qilinadi va … ko’rib chiqiladi».
«…da… zarurligi aniqlanadi».
«Ishning yakunida muallif … xulosalarni yozgan».
Materialni bayon etishida tahlilni natijalari bilan birgalikda, muvofiqli statistik ma‘lumotlarni ham keltirish lozim.
Katta hajmli statistik ma‘lumotlarni jadvallarga tushirish maqsadga muvofiqdir. Statistik ma‘lumotlar asosida, ko’rib chiqilayotgan jarayonlarning rivojlanishi va chuqurroq o’rganishiga imkon beradigan grafik va diagrammalarni ko’rish mumkin.
Eslatma: referatda keltirilgan hamma grafik va diagrammalar nomlangan va nomerlangan bo’lishi kerak. Bunda stastik ma‘lumotlar olingan manbasi va qaysi betidan olinganligi ko’rsatilishi shart.
Matnda keltirilgan sonli material, olingan manbasiga dalil qilib keltirilishi kerak.
Referatning afzalik tomoni – munozarali masalalar bo’yicha turli nuqtai nazarlarni tahlili va o’z fikrini asoslab berishdan iboratdir.
Yakunlantiruvchi qism.
Bunda talaba tanlangan mavzuni o’rganishning natijalari bo’yicha kelib chiqqan, xulosalarni aniq ifodalash, hamda yechilmagan va yechishini talab etadigan masalalarni aniqlashi kerak.
Adabiyotlar ro’yxati.
Adabiyotlar ro’yxati qat‘iy tartibda yozilishi kerak:
1. O’zbekiston Respublikasining qonunlari.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining buyruqlari.
3. O’zbekiston Respublikasining farmoyishlari.
4. Normativ akt va yo’riqnomalar.
5. Davriy nashrda chop etilgan kitob va maqolalar.
Agarda maqola jurnalda chop etilgan bo’lsa, jurnal nomi, chop etilgan yili, jurnal nomeri va beti ko’rsatilishi kerak.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling