Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Download 6.03 Mb.
bet153/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

quduqlarni mustahkamlash - quduq devorini po'lat quvurlar bilan mustahkamlash, hamda ochilgan suvli, neftli va gazli qatlamlarni bir biridan ajratish maqsadida burg’ quduqlarini mustahkamlash.
Operator - murakkab dastgohlarni boshqaruvchi ixtisosli ishchi.
quduqning maqbul debiti - quduqdagi uyumdan oqilona foydalanishni ta’minlash sharti bilan quduqdan eng ko‘p miqdorda olinadigan uglevodorodlar hajmi.
quduqlarini o’zlashtirish - mahsuldor qatlamlardan flyuid oqimlarini yer yuziga chiqarish uchun mo‘ljallangan kompleks ishlar majmui. Bunga quydagilar kiradi: quduq og‘zini zichlash, quduq ichiga asbob-uskunalarini tushirish, yer usti asbob-uskunalarini o‘rnatish, qatlamdagi suyuqlik oqimini xarakatni ta’minlash.
quduq tubini tozalash - burg‘ilash jarayonida quduq tubida yig‘ilib qolgan mayda tog‘ jinsi zarrachalari burg‘ilash eritmasi yordamida tashqariga chiqarish jarayoni. Zarbali burg‘ilashda quduq vaqti-vaqti bilan jelonka yordamida tozalab turiladi.
Paker-kolonkali burg’ilash jarayonida yuvish eritmasining yutilishini tugatishga va tamponlovchi qorishmalarni bosim ta’sirida quduq devorlariga haydab uni mustahkamlashga mo’ljallangan asbob. U asosan namuna olishda, quduqlarni sementlashda ham foydalaniladi. Paker brezent bilan o’ralgan rezinali manjetdan iborat bo’lib, quduqda undan yuqorida joylashgan quvurlar birikmasini siqilishidan kengayadi.
Quduqdan davriy foydalanish-kam debitli quduqlardan vaqti-vaqti bilan foydalanish metodi.
Perforator-quduqga tushirilgan mustaxkamlovchi quvurlar birikmasini va mahsyldor qatlamda teshikchalar hosil qiladigan moslama. U elektr yoki siqilgan havo ta’sirida ishlaydi. Ochilgan teshiklar quduq ichiga neft va gazning oqib tushishiga imkon yaratadi.
Qatlam-litologik tarkibi bir xil, qalinligi maydoniga nisbatan ancha kichik, shakli yassi, o’ziga xos ayrim belgilari bilan farq qiladigan ustki (shipi) va osti (tagi) yotqiziqlaridan ozmi-ko’pmi aniq chegara bilan ajralib turadigan va geologik kesimda ma’lum stratigrafik joy egallab turadigan geologik jismlar. Masalan, simobli, qo’rg’oshinli, fosforitli qatlamlar.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling