Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Qatlam energiyasini xarakterlovchi qiymatlar
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quduq tubidagi dinamik bosim
- Suyuqlikning dinamik sathi
- O‘rtacha qatlam bosimi.
- Haydash zona si dagi q atalam bosimi .
- Qazib oluvchi zonadagi qatlam bosmi.
- Joriy qatldam bosimi.
2.2. Qatlam energiyasini xarakterlovchi qiymatlar
Neft koni va quduqlarini ishlatishga oid texnologik jarayon va hodisalarni to’g’ri tushinishimiz uchun, texnologik jarayonlarga ta‘sir qiluvchi bosimga oida qator terminlarni aniqlab olishimiz kerak bo’ladi. Quduq tubidagi statik bosim – quduq uzoq vaqt to’xtatilgandan keyin o’rnatiladiga quduq tubi bosimi. U quduqdagi suyuqlik ustunining, yaniy quduqdagi suyuqlik sathidan quduq chuqurligigacha bo’lgan suyuqlikning gidrostatik bosimiga teng bo’ladi. Bunda quduq chuqurligini qatlamning ochilgan oralig’i o’rtasigach bo’lgan masofa olinadi. Boshqa tarafdan bu quduqning qatlamni ochgan joyidagi bosim hisoblanadi va shuning uchun bu bosimni qatlam bosimi ham deb aytishimiz mumkin bo’ladi. Statik sath-quduq to’xtatilgandan keyin o’rnatilgan atmosfera bosimi bilan tasirlashish sharoitidagi suyuqlik ustuni sathi statik sath deb ataladi. Agar quduq usti yopiq holatda bo’lsa suyuqlik sathiga qisman bosim bilan ta‘sir qiluvchi gaz yig’ilishi kuzatiladi. Bu holatda suyuqlik sathi quduqning statik shartlariga yaqin bo’lsada statik sath deb nomlanmaydi. Bunday holatda qudquq tubidagi bosim suyuqlik ustuni gidrostatik bosimi va gaz bosimining yig’indisiga teng bo’ladi. Quduq tubidagi dinamik bosim - bu bosim quduqdan suyuqlik yoki gaz qazib olish vaqtida, hamda quduqqa suyuqlik yoki gaz haydash vaqtida quduq tubida o‘rnatiladi. Quduq tubidagi dinamik bosim ko‘p holatda quduq tubi bosimi deb nomlanadi, statik bosimda esa qatlam bosimi deb ataladi. Shunday bo‘lsada statik bosim ham dinamik bosim o‘z vaqtida quduq tubi bosimi sanaladi. Suyuqlikning dinamik sathi -ishlayotgan quduqda o‘rnatiladigan, atmosfera bosimi ta’sir qiluvchi (quvurlar oralig‘i ochiq bo‘lganda) sath dinamik sath deb ataladi. Quvur ortki qismi zichlangan quduqda dinamik bosim suyuqlik ustuning gidrostatik bosimi va sathga ta’sir qiluvchi gaz bosimi yig‘indisiga teng bo‘ladi. Suyuqlik ustuni balandligi vertikal bo‘yicha olinadi. Shuning uchun qiya Quduqlarda gidrostatik bosimni hisoblashda quduqning qiyshayishiga to‘g‘irlash kiritiladi. O‘rtacha qatlam bosimi. O‘rtacha qatlam bosimi bo‘yicha qatlamning umumiy holati va quduqni ishlatish imkoniyati va usulini asoslovchi energetik tavsifi baholanadi. Uyumning har xil qismida joylashgan va turli kollektorli qatlamdan mahsulot olinganlik darajasi bo‘yicha lokal qatlam bosimini tavsiflovchi quduqning statik bosimi turlicha bo‘ladi. Shuning uchun o‘rtacha qatlam bosimi degn tushunchadan foydalaniladi. O‘rtacha qatlam bosimi to‘r alohida quduqlarda Ri o‘lchanib hisoblanadi. Bir quduqda m marta o‘lchash orqali olingan o‘rtacha arifmetik bosimi quyidagiga teng bo‘ladi. (2.1) Bu kattalik haqiqiy o‘rtacha integral qatlam bosimini aniq tavsiflay olmaydi uyumning ma’lum qismi bo‘yicha gurihlanganda juda farq qiladi. Maydon bo‘yicha o‘rtacha qatlam bosimi quyidagicha ifodalanadi. (2.2) bu yerda fi – i chi quduqqa to‘g‘ri keluvchi maydon, Pi – i chi quduqqa to‘g‘ri keluvchi statik bosim, n - quduqlar soni. Bu bosim qatlamning energetik holatini to‘liq tavsiflab, faqat uyumning har xil hududi qalinligi turlicha bo‘lib, shuni etiborga olinmaydi. Shuning uchun hajim bo‘yicha o‘rtacha qatlam bosimi tushinchasi kiritiladi. Hajim bo‘yicha o‘rtacha qatlam bosimida nafaqat fi – i chi quduqqa to‘g‘ri keluvchi maydoni, hamda quduq joylashgan hududdagi o‘rtacha qatlam qalinligi hi ham e’tiborga olinadi. Shunday qilib, (2.3) O‘rtacha qatlam bosimi izobar xaritasi orqali aniqlanadi (bosimga teng chiziqlar orqali). Buning uchun ikki qo‘shni izobarlar oralig‘idagi maydon planimetr yordamida aniqlanadi va bu maydondagi o‘rtacha qatlam bosimi, ikki qo‘shni izobarlar o‘rtacha arifmetigi olinib izobarlar oralig‘idagi maydonga ko‘paytirib qo‘shish orqali hisoblanadi. Jami yig‘indini maydonlar yig‘indisiga bo‘linadi. Agar izobar xaritasiga qalinligi ko‘rsatilgan maydon xaritasini qo‘ysak, unda qatlam bosimini qatlam hajmi bo‘yicha o‘rtacha qatlam bosimini (2.3) formuladan foydalanib aniqlashimiz mumkin. Bunda fi – bir xil qalinlikka ega hi ikki izobar oralig‘idagi maydon qismi, Pi - ikki izobar oralig‘idagi o‘rtacha qatlam bosimi. Bu usul o‘rtacha qatlam bosimini obektiv baholash imkonini beradi. Haydash zonasidagi qatalam bosimi. Qatlm bosimini ushlashda suv qator bo‘ylab joylashtirilgan haydovchi quduqlarga haydaladi. Haydovchi quduqlar joylashtirilgan qatlam hududda yuqori bosim hosil qilinadi. Haydash jarayonini tavsiflash va dinamikasini nazorat qilish uchun haydash zonasidagi qatlam bosimi degan tushinchadan foydalaniladi. Shu maqsadda izobar xaritasida haydovchi quduqlarni joylashtirish hududi ajratiladi. Bu izobar chegaralari bo‘yicha qatlam bosimi, (2.2) formulasi orqali maydon bo‘yicha o‘rtacha qatlam bosimi, yoki (2.3) formula orqali hajmi bo‘yicha o‘rtacha qatlam bosimi aniqlanadi. Qazib oluvchi zonadagi qatlam bosmi. Qazib oluvchi quduqlar hududida o‘rtacha qatlam bosimi aniqlanadi va bu bosimni qazib oluvchi zonadagi qatlam bosimi deb ataladi. Boshlang‘ich qatlam bosimi. Ishltishning boshlang‘ich davrida qidiruv quduqlari guruhida o‘rtacha qatlam bosimi aniqlanadi va bu bosimni boshlang‘ich qatlam bosimi deb nomlanadi. Joriy qatldam bosimi. Ishlash va ishlatish jarayonida qatlam bosmi o‘zgaradi. Qatlam bosimining o‘zgarishi ishlash obyektining holati haqidagi muhim informatsiyalar manbayi hisoblanadi. Shuning uchun ma’lum bir vaqtdagi o‘rtacha qatlam bosimi o‘zgarishi aniqlanadi va uning vaqtga bog‘liqlik grafigi tuziladi. Bu bosim joriy qatlam bosimi deb nomlanadi. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling