Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
Gaz uyumlarining ishlash usullari
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
2.4. Gaz uyumlarining ishlash usullari.
Gaz uyumlarining ish tarzi uyumni geologik sharoitlari hamda ishlatish jadalligiga bog’lik. Lekin gazning qovushqoqligi neftning qovushqoqligidan 100 barobarga yaqin kichik bo’lganligi sababli gaz uyumida bosimning tarqalishi neft uyumlaridagiga nisbatan ancha tez bo’ladi. Gaz tarzi. Gaz tarzli uyumlarda gaz olish gazning kengayishidan yuzaga keladigan bosim hisobiga amalga oshiriladi. Bu tarz litologik chegara va tektonik ekranlanish natijasida hosil bo’lgan butunlay yopiq tutqichlar bilan bog’liq uyumlarda yuzaga keladi. Gaz tarzi uchun qatlam bosimini pasayishini gaz olishga to’g’ri proportsianalligi xaraktyerlidir. Chunki bunday uyumlar qatlam bosimini ushlab turish uchun tashqi manbalarga ega bo’lmaydi. Bundan odatda uyumdagi gaz zaxiralarini bosim pasayishi bo’yicha hisoblash uchun foydalaniladi. Bu tarzda gaz olish koefftsienti 0,6 dan 0,8 gacha etadi. Qayishqoq – gazsuv siquvi tarzi. Qayishqoq – gazsuv bosimi tarzida qatlam enyergiyasining asosiy manbaasi chekka suvlarning kuchsiz siquvi, suv va jinslarning hamda kengayadigan gazning qayishqoqlik kuchlari hisoblanadi. Gaz uyumida suv va tog’ jinslarning qayishqoqlik kuchlari birdaniga yuzaga kelmaydi. Gaz uyumini ishlatishning boshlang’ich bosqichida gazning kengayish enyergiyasi hisobiga gaz tarzi o’rnatiladi. Uning davomiyligi turli uyumlar uchun turlicha va bosimning 3-30 % ga pasayishi bilan aniqlanadi. Qatlam suvlari uyumga kirib qatlamning bo’shagan hajmini egallaydi. Bunda gazsuv chegarasi sekin ko’tarila boshlaydi. Gaz qazib chiqarishni davom etishi va qatlam bosimining pasayishi sababli uyumga suvning harakat tezligi oshadi. Bu ishlatishning yakuniy bosqichida gaz beruvchanlik o’sishga imkon yaratadi. Bu tarzda gaz olish koeffitsienti 0,8-0,9 gacha yitadi. Suv siquvi tarzi. Gaz uyumining suv siquvi tarzida qatlam enyergiyasining asosiy manbaasi chekka (ostki) suvlarning siquvi hisoblanadi. Gaz uyumlarida suv siquvi tarzini yuzaga kelish sharoyiti neft uyumlarida shu tarzni yuzaga kelish sharoiti bilan bir xil. Bu sharoit chekka suvlarning kuchli siquviga imkon yaratadi. Uyum ishga tushirilgandan so’ng olinayotgan gaz o’rnini suv to’ldirib boradi. Olingan gaz va qatlamga kirgan suv miqdori bir xil bo’lganda qatlam bosimi pasaymaydi, gaz olish jarayonida gazsuv chegarasining tobora ko’tarilishi kuzatiladi. Bu tarzda maksimal gaz olish koeffitsientiga (1 gacha) yerishiladi. Tekshirish uchun savollar Tarz deb nimaga aytiladi? Uyumdan fluyidlarning quduqlar tubiga harakati qanday kuchlar ta’sirida yuzaga keladi? Neft uyumlari qanday tarzlarda ishlaydi? Gaz uyumlari qanday tarzlarda ishlaydi? Neft uyumlarining suv siquvi tarzi qaysi sharoitda yuzaga keladi? Neft uyumlarining qayishqoq - suv siquvi tarzi qaysi sharoitda yuzaga keladi? Neftgaz uyumlarining gaz bosimi tarzi qaysi sharoitda yuzaga keladi? Neft uyumlarining yerigan gaz tarzi qaysi sharoitda yuzaga keladi? Neft uyumlarining gravitatsion tarzi qaysi sharoitda yuzaga keladi? Gaz uyumlarining tarzlarini yuzaga kelish sharoitlarini tushuntiribbyering? Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling