Markazdan suv haydash uyumning gumbaz qismidan atrofga fizik-litologik va sizdirish tavsifi yomonlashib boradigan ishlatish ob’ektlari uchun rejalashtiriladi. Uyumlarning o’lchamlari odatda katta emas, 1 dan 3 km gacha, uyumning shakli izometrik. O’lchamlari katta, bir turli tuzilishli, kollektorlik xossalari va sizdirish tavsifi nisbatan yuqori uyumlar uchun markazdan suv haydash chegara ortidan suv haydash bilan birgalikda qo’llaniladi.
Ushbu ishlatish tizimini amalga oshirishda uyumning markaziy qismidan haydovchi quduqlar 250-300 metr aylana bo’ylab burg’ulanadi. Qazib chiqarish quduqlari neftli va suvneftli zonalar chegarasida tashqi neftlilik chegarasiga parallel kontsentrik qatorlar bilan joylashtiriladi (3.2- rasm).
3.2-rasm. Kontur bo’ylab suv haydash.
Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki; quduqlar: 3- qazib chiqarish, 4- haydovchi.
|
3.3-rasm. O’q bo’ylab suv haydash.
1- tashqi neftlilik chegarasi; quduqlar: 2- qazib chiqarish, 3- haydovchi
|
3.4-rasm. O’q bo’ylab va chegara ortidan birgalikda suv haydash.
Shartli belgilar 6 rasmda |
3.5-rasm. Markazdan suv haydash.
Shartli belgilar 6 rasmda
|
Xalqali qator bo’ylab suv haydash odatda izometrik, oval shaklidagi, litologik - fizik va sizdirish xossalari tuzilmaning gumbazdan atrof qismiga tomon ma’lum yo’nalishda o’zgarishi bilan tavsiflanadigan uyumlarda qo’llaniladi. Qatlam bosimini ushlab turish uchun haydovchi quduqlar uyumning o’rta qismida xalqali qator bo’ylab joylashtiriladi, chegara ortida esa tashqi neftlilik chegarasiga parallel joylashtiriladi. Buning natijasida ikkita teng bo’lmagan maydon hosil bo’ladi: kichigi-markaziy qismda va kattasi- haydovchi quduqlarning ikkita qatori orasida (3.6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |