Chegara ortidan suv haydash kengligi 4-5 km uyumlarni ishlatishda tavsiya etiladi. Uyum chegarasida ichki va tashqi neftlilik konturlari aniq belgilangan bo’lishi kyerak. Uyumlar bir xil tuzilishi, kollektorlik xossalarining yuqoriligi, neftning qatlam sharoitidagi qovushqoqligi past, qatlamlarda fatsial aralashuvlar bo’lmasligi, uyumning neftli va chegara orti qismi orasidagi gidrodinamik aloqa juda yaxshi bo’lishi bilan tavsiflanishi lozim. Qazib chiqarish quduqlari tashqi neftlilik chegarasiga parallel qatorlar bilan joylashtiriladi, bunda burg’ulash asosan ichki neftlilik chegarasida amalga oshirish tavsiya etiladi.
Chegara ortidan suv haydashda haydovchi quduqlar tashqi neftlilik chegarasiga maksimal yaqinlashtirilgan bo’lishi kerak, lekin bu masofa haydovchi quduqlar orasidagi masofaning yarmidan kam bo’lmasligi lozim. Neftlilik chegarasidan haydovchi quduqlargacha bo’lgan masofa oshganda maxsuldor qatlamda suyuqlikning harakatiga qarshilik ortadi (3.1- rasm).
Chegara bo’ylab suv haydash kengligi 4-5 km, bir xil tuzilishli, qatlamning kollektorlik tavsifi yuqori bo’lgan uyumlar uchun, turli to’siqlar hosil bo’lganligi sababli uyumning neftli qismi va chegara ortining gidrodinamik aloqasi bo’lmaganda qo’llaniladi. Bu holda haydovchi quduqlar uyumning neftli qismi chegarasida ichki neftlilik chegarasidan minimal masofada joylashtiriladi. Qazib chiqarish quduqlari esa chegara ortidan suv haydashdagi kabi neftlilik chegarasiga parallel joylashtiriladi. (3.2-rasm)
Chegara ichidan suv haydash kengligi yoki 5 km dan katta, yoki 4 km kichik uyumlar uchun tavsiya etiladi, lekin keyingi holda – uyumning kollektorlik tavsifi yomonlashganda va neftning qovushqoqligi oshganda. Chegara ichidan suv haydashda quyidagi ishlatish tizimlari ajratiladi.
O’q bo’ylab suv haydash kengligi 5 km dan katta, tog’ jinslarning kollektorlik xossalari yuqori bo’lmagan, qatlamdagi neftning qovushqoqligi ahamiyatli oraliqda o’zgaradigan, chegarasida kollektorlik xossalari gum bazi qismidan atrofga tomon yomonlashib boradigan uyumlar uchun tavsiya etiladi. (3.3-rasm). Uyumning neftli qismi bilan kontur orti orasidagi gidrodinamik aloqa faol bo’lganda, neftning va haydaladigan suvning qovushqoqligi nisbati takriban bir xil bo’lsa o’q bo’ylab suv haydash chegara ortidan suv haydash bilan birgalikda qo’llanilishi mumkin (3.4- rasm).
3.1-rasm. Kontur ortidan suv haydab ishlatish tizimi.
Uyumlar: a) simmetrik gumbazli, b) asimmetrik gumbazli, v) litologik ekranlangan.
1- qatlam izogipslari; 2- ichki neftlilik chegarasi; 3- litologik chegaralanish chizig’i; quduqlar: 4- qazib chiqarish, 5- haydovchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |