Toshkent davlat texnika universiteti "tasdiqlayman"


Laboratoriya ishlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar


Download 116.76 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi116.76 Kb.
#1547804
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rejalashtirsh-fan-dasturi

2.4. Laboratoriya ishlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
Oʻquv rejalarida laboratoriya ishlari kiritilmagan.


2.5. Kurs loihasi bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
Fаn bo’yichа kurs ishi (loyihasi) nаmunаviy o’quv rеjаdа ko’zdа tutilmаgаn.


2.6. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Konlarni ochish jarayonini rejalashtirish.
2. Koni ochish koeffitsienti turlari va ularning mohiyati.
3. Karyerning chegaraviy chuqurligini analitik va grafik usullarda aniqlash.
4. Pogʻona balandligi va uni aniqlashga ta’sir etuvchi omillar.
5. Geometrik tahlil usuli.
6. Ko`p cho`michli ekskavatorlarni qo`llash asosida ochiq kon ishlari samaradorligini oshirish masalalari.
7. Uzilma-potok texnologiyalari asosida ochiq kon ishlari texnologiyalarini takomillashtirish.
8. Karyerlarni ilmiy-texnik taraqqiyoti natijalari asosida
qayta qurollantirish masalalari.
9. Mehnatni tashkil etish modelini tuzish va uni tahlili.

3.

Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o`zlashtirish natijasida talaba:

  • tog` jinslari, foydali qazilmalar turlari va xossalari, foydali qazilmalar va ularning tavsifi, tog` jinslari massivining asosiy fizik-mexanik xossalari, kon bosimini boqarish asoslari, konchilik korxonalarida burg`ulash-portlatish ishlari, boyitishning texnologik ko`rsatkichlari, boyitish japrayonlari va mahsulotlarining tasnifi, elash jarayoni, klassifikatsiya jarayoni haqida tasavvurga ega bo`lishi;

  • konlarni qazib olish usullari, kon lahimlari va qazib olingan bo`shliqlarni mustahkamlash, konlarni ochish va tayyorlash usullari, konchilik ishlab chiqarish texnologiyalari, tog` jinslarini yuklash jarayonlari, shpur va skvajinalarni burg`ulash usullari hamda burg`ulash mashina va uskunalari, sanoatlashtirilgan portlovchi modda va portlatish vositalari turlari, tog` jinslarini portlatib maydalash usullarini, tegirmonlarnig turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi, klassifikatorlarning tuzilishi, ishlash tamoillari, boyitishning usullarini, magnit va elektrik usulda boyitish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • foydali qazilma zahiralarini hisoblash, Karyer va rudniklar ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblash, kon lahimlari kesim yuzalarini aniqlash, portlovchi modda xususiyatlarini aniqlash, Karyer va rudniklarda burg`ilash-portlatish ishlari parametrlarini hisoblash, konchilik korxonalarida qo`llaniladigan portlovchi materiallarning saqlash va tashish, boyitish maxsulotlarini suvsizlantirish, quyultirish, filtrlash, quritish, changni ushlash, oqava suvlarni tozalash, foydali qazilma granullometrik tarkibini aniqlash, rudani yiriklik xarakteristikasini tuzish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.

Fanni o`zlashtirgan talabalar quyidagilarni bilishi kerak:
mamlakat konchilik sanoatining xozirgi vaqtdagi xolati va rivojlanish istiqbollarini; kon ishlarini rejalashtirishda qo`llanadigan atamalar, tamoyillar va asosiy texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarni; konlarni ochish jarayonini rejalashtirish; karyer maydonining kon-geometrik tahlili, ularni aniqlash sharoitlari va tasnifini; konchilik ishida qo’llaniladigan kalendar reja va ratsional qazib olish jadvaliga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi asosiy mezonlarni malakalariga ega bo`lishi kerak.


Download 116.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling