Fanni o`qitilishidan maqsad - dastlabki ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bir qatorda maqsadlarni tanlash, muqobil variantlarni qiyosiy baholash orqali ularga erishish vositalari va usullarini aniqlash. Ulardan eng qulayini qabul qilish asosida boshqaruv qarorini tayyorlash jarayonlari va kutilayotgan rivojlanish sharoitida amalga oshirilayotgan ishlar majmuidir. Ochiq kon ishlarini rejalashtirish texnologik jarayonlarning katta tsiklini o'z ichiga olganligi sababli bu kon muhandisi va umuman, ishlab chiqarish-texnik bo'lim uchun juda mashaqqatli ish
Fanni o`qitilishidan maqsad - talabalar tomonidan kon ishlarida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlari va texnologiyasi to`g`risidagi bilimlarni o`zlashtirish, shuningdek asosiy ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish bo`yicha ko`nikmalarga ega bo`lish, ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish usullarini tanlash, asoslash, asosiy ko`rsatgichlarini hisoblash va loyihalash to`g`risidagi bilimlarni o`rgatishdan iborat.
Fanni o`qitilishida vazifasi - talabalarni konchilikda kon lahimlarini o`tish ishlarida mavjud texnik atamalar, foydali qazilmalarni qazib olish texnologik kompleksida burg`ulash va portlatish ishlarining o`rni va atrof muhitga bo`ladigan ta`siri qonuniyatlari, tog` jinslarini portlatib maydalash ishlarida qo`yilgan asosiy texnologik parametrlar va burg`ulash usullari, amalda qo`llaniladigan burg`ulash dastgohlari, ularning turli sharoitlarda ishlash tamoyillari bilan tanishtirishdir. Shu bilan bir qatorda, konchilik ishlarida qo`llaniladigan sanoat portlovchi moddalari, ularnig fizik-kimyoviy tavsiflari hamda tasniflanishi bilan talabalarni tanishtirish fanning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Fanni o`rgatishning ilmiy, nazariy va amaliy tamoyillari va manbalari- ma`ruzalar, amaliy xisoblash, tajriba ishlari, o`kuv va texnikoviy adabiyotlar, video-audio o`quv filmlari, chizma va tarqatma materiallar, maketlar va stendlardan, xamda zamonaviy o`quv texnologiyalari vositalaridan iborat.
|