Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Ilmiy tadqiqotda vorislik va novatorlik


Download 1.64 Mb.
bet56/144
Sana18.06.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1575366
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   144
Bog'liq
ИТМ МАЖМУА (2022-2023)

Ilmiy tadqiqotda vorislik va novatorlik. Vorisiylik va novatorlik. Darsliklar bilan ilk tanishuvning o‘zidanoq har qanday maktab o‘quvchisi fanning rivojlanishi bilimlar jamg‘arilishiga olib kelishidan xabar topadi. Ilmiy bilimlar yangi dalillar ochilishi va yangi nazariyalar ishlab chiqilishi hisobiga jamg‘ariladi. Yangi dalillar va nazariyalar eski dalillar va nazariyalar qatoriga qo'shilib, shuning hisobiga ilmiy bilim hajmi о ‘sib boradi.
Fanning rivojlanish yo‘li - «uzluksiz inqilob». Feyerabend «proliferatsiya» - gipotezalarni ko'paytirish tamoyilini ilgari suradi. Uning fikricha, gipotezalar qancha ko‘p bo'lsa, shuncha yaxshi. Bilimlarni progressiv jamg‘arish jarayoni fanda mavjud emas, faqat bir-biri bilan raqobatlashuvchi gipotezalar sonini ko‘paytirishgina bor.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kumulyativizm va antikumulyativizm fanning rivojlanish jarayonini haddan tashqari yuzaki tasvirlaydi. Fanning rivojlanish jarayonida an’analar va novatsiyalar, bilimlarni jamg‘arishning uzluksizligi va bu uzluksizlikka barham berib, fanning mazmuni va tarkibiy tuzilishida tub o‘zgarishlar yasovchi inqilobiy sakrashlar birikadi. Bunday birikish mantiqi yanada chuqurroq o‘rganishni talab etadi.









7-mavzu. Ilmiy tadqiqotda muammo va muammoli vaziyatning o’zaro aloqasi.
Reja:
1. Muammo tushunchasi. Muammo va metod uyg‘unligi. Muammoninng shakillari.
2. Ilmiy muammolarning namoyon bo’lish usullari.
3. Ilmiy muammolarning boshqa muammolardan farqlovchi asosiy belgilari.
4. Muammoli vaziyat va uning ahamiyati.


Muammo tushunchasi va uning mohiyati. Muammo - bu yechilishi lozim bo’lganmasala yoki vazifa. Muammoni qo‘yish hali anglab yetilmagan narsa yoki hodisaning mavjudligini anglatadi. Ayni vaqtda bu narsa yoki hodisa muayyan tarzda tavsiflangan, ajratilgan, ya’ni u haqda muayyan boshlang‘ich bilim mavjud bo‘lishi lozim. Shunday qilib, muammoni bilish - bu alohida turdagi bilim: u «bilmaslik haqidagi bilim»dir. Amaliyotda (ishlab chiqarish, ijtimoiy, tibbiy amaliyot va hokazolarda) va fanning o‘zida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlar ilmiy muammolarning manbai hisoblanadi. Ilmiy muammoni qo ‘yish muammoli vaziyat tahliliga tayanadi, lekin bunday tahlilning o’zi bilangina belgilanmaydi. Muammoli vaziyatga tushib qolgach, muammoni qo‘ya bilish lozim. Muammo nafaqat aniqlanishi, balki ilmiy ta’riflanishi ham lozim. Buning uchun uni subyektiv, individual, ruhiy jihatlardan mumkin qadar tozalash va fan tilida ifodalash zarur. Ilmiy tadqiqotlarning muayyan muammolari amaliyot va fanning rivojlanish tendensiyalarini teran tushunishni talab etadi. Bu ulkan ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy tadqiqotlarning dasturlarini belgilaydi. Olim muammoni baholashi va u shug‘ullanishga arziydimi, degan savolga javob berishi juda muhimdir. Predmetli bilimdan farqli o‘laroq, muammolar haqiqiy ham, soxta ham bo‘lishi mumkin emas. Ammo ularni boshqa mezonlar - muhimlik, dolzarblik, echish mumkinligi (tadqiqotchilarni odatda muammoni mazkur vositalar bilan va mazkur muddatda echish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi masala juda qiziqtiradi) nuqtai nazaridan baholaydilar. Muammoni qo‘yish - har qanday ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling