Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan sivilizatsion


Download 1.42 Mb.
bet5/143
Sana14.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1703773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
1ИТМ МАЖМУА (2023)

Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan sivilizatsion
rivojlanish tipi bilan taqqoslashni nazarda tutadi. A.Toynbi taklif qilgan
tasnifga ko‘ra sivilizatsiyaning 21 tipi farqlanadi. Eng umumiy
yondashuv sivilizatsiyalarning ikki xili: an’anaviy va texnogen
sivilizatsiyalarni hisobga olib, umumiy sivilizatsion farqlashni taklif
qiladi. Texnogen sivilizatsiyalar XV-XYII asrlarda Yevropa mintaqasida texnogen jamiyatlar paydo bo‘lishi munosabati bilan yuzaga
kelgan. Ayrim an’anaviy jamiyatlar texnogen jamiyatlarga qo‘shilib
ketgan, ayrimlari esa, texnogen va an’anaviy mo‘ljallar o‘rtasida
rivojlanib, aralash xususiyat kasb etgan.
Texnogen rivojlanishning madaniy mafritsasi uch bosqich:
oldindustrial, industrial va postindustrial bosqichlardan о’tadi. Texnika
va texnologiyaning rivojlanishi uning muhim ko‘rsatkichiga aylanadi.
Rivojlanishning texnogen tipi - bu tabiiy muhitning jadal sur’atlarda
o‘zgarishi, uning odamlar ijtimoiy aloqalarining faol o‘zgarishi bilan
birikishidir. Texnogen sivilizatsiya yuzaga kelganiga 300 yildan sal
ko‘proq vaqt bo‘lgan. U ancha agressiv bo‘lib, ko‘pgina eski madaniy
an’analarning halokatiga sabab bo‘ladi. Tashqi dunyo inson faoliyati
maydoniga aylanadi. Inson o‘zgartiruvchi va zabt etuvchi faoliyatga
turtki beruvchi markaz sifatida amal qiladi. «Kuch» tushunchasi ishtirokidagi umumiy madaniy munosabatlar tavsifi shundan kelib
chiqadi: ishlab chiqarish kuchlari, ilmiy kuchlar, intellektual kuchlar va
h.k.
An’anaviy va texnogen jamiyatlarda shaxs erkinligi muammosiga
nisbatan munosabat ham har xildir. An’anaviy jamiyatga shaxs erkinligi
umuman xos emas, shaxs imkoniyatlarini faqat muayyan korporatsiyaga
mansublik orqali, korporativ aloqalar elementi sifatida ro’yobga
chiqarish mumkin. Texnogen jamiyatda har xil ijtimoiy birliklar va madaniy an’analar bilan o’zaro munosabatlarga kirishish imkonini beruvchi shaxs erkinligi himoya qilinadi. Inson faol mavjudot sifatida tushuniladi. Uning

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling