Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman
Ekstemalizm va internalizm yo‘nalishi namoyondalari uchun
Download 1.42 Mb.
|
1ИТМ МАЖМУА (2023)
Ekstemalizm va internalizm yo‘nalishi namoyondalari uchun
umumiy bo’lganfikrga ko’ra, fan o’rtaasrlardan Yangi davrga о ‘tish jarayonidagi madaniyat tarixidagi olamshumul voqeadir. Pozitivizmning fan haqidagi fikrlariga qarshi o‘laroq, ular ilmiy metod insonda obyektiv voqelikni idrok qilishning tabiiy vositasi emas, balki har xil omillar ta’sirida shakllanishini ta’kidlaydilar, biroq bu omillarni ular turlicha tushunadilar. Masalan, ekstemalizm vakillari E.Silzel va Dj.Nidam bu omillarni kapitalizm paydo bo‘lishi hamda shakllanishi davrida hunarmandlarning yuqori tabaqalari va universitet olimlari faoliyati o‘rtasidagi ijtimoiy to‘siqni bartaraf etish bilan bog‘liq, deb hisoblaydilar. R.Merton ilmiy metodning alohida jihatlari ratsionalizm va empirizmni protestant etikasi ta’sirida shakllangan, deb hisoblaydi. Fransuz faylasufi, fanshunos olim, internalist A.Koyre (1892-1964) tafakkur uslubini tubdan qayta qurish fan paydo bo‘lishinmg omili, deb hisoblaydi. Bu qayta qurishni u ierarxik tartibli dunyo sifatidagi kosmos haqidagi antik tasavvurlarning parchalanishida ko‘radi. U kosmos g‘oyasi barcha narsalar, aynan bitta reallik darajasiga tegishli bo‘lgan noaniq va cheksiz Universum (umumiylik) g‘oyasi bilan almashinadi deb hisoblaydi. A.Koyre fikricha, kosmos haqidagi bunday antik tasavvurlarning parchalanishi inson aqlida yuz bergan buyuk ilmiy inqilobdir. Fan taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi keyingi omil sifatida olim borliqning geometrizatsiyasini tushunadi, ya’ni Galileygacha bo‘lgaii davr fizikasidagi borliqni Evklid geometriyasidagi gomogen borliq bilan almashtiradi. Uning fikricha, kuzatish va eksperiment emas, (zero, ularning fan taraqqiyotidagi ahamiyatini inkor qilmasada), balki aynan maxsus fan tilining yaratilishi eksperimentlar uchun zaruriy sharoit hisoblanadi (u uchun bu til matematika, xususan, geometriyadir). Koyre, fan shakllanishi davrigacha bo‘lgan ilmiy fikmi uch davrga bo'lish mumkin, deb izohlaydi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling