ishonchi komil. Ruh haqidagi fanlaring erkinligi «hayot», «ekspressiya», «tushunish» kabi tushunchalarning aloqasini o‘matadi. Bunday
tushunchalar tabiatda ham, tabiiy fanlarda ham mavjud emas. Hayot va
kechinmalar davlat institutlari, cherkov, yurisprudensiya va hokazolarda
moddiylashadi. Tushunish o‘tmishga qarab mo‘ljal olishi va ruh
haqidagi fanlar manbai bo‘lib xizmat qilishi ham muhimdir.3
Vilgelm Vindelband (1848-1915) fanlari predmetiga ko’ra emas,
balki metodiga ko’ra farqlashni taklif qiladi. U ilmiy fanlari nomotetik
va ideografik fanlarga ajratadi. Nomotetik fanlar narsalar va
hodisalarning umumiy qonunlari, ularning muntazamligini aniqlashni
nazarda tutadi. Ideografik fanlaring vazifasi individual hodisalar va
voqealarni o’rganishdan iborat.
Biroq tabiat va ruhning tashqi ziddiyati fanlaring butun rangbarangligini to‘la asoslashga qodir emas. Genrix Rikkert (1863-1936)
Vindelband ilgari surgan nomotetik va ideografik fanlari ajratish
g‘oyasini rivojlantirib, tafovut empirik ma’lumotlarni tanlash va tartibga
solishning har xil tamoyillaridan kelib chiqadi, degan xulosaga keladi.
Fanlari tabiat haqidagi fanlarga va madaniyat haqidagi fanlarga ajratish
olimlarni ikki lagerga ajratuvchi manfaatlarning qarama-qarshiligini
juda yaxshi ifodalaydi.2
Bilish jarayonida aniqlangan borliq ongga immanentdir, degan
g'oyani Rikkert bosh g’oya deb qabul qiladi. Shaxssiz ong tabiat
(tabiatshunoslik) va madaniyat (madaniyat-haqidagi fanlar)ni farqlaydi.
Tabiatshunoslik Rikkert aqlning aprior qoidalari deb talqin qiluvchi
umumiy qoidalarni aniqlashni nazarda tutadi. Tarix betakror ayrim
hodisalar bilan shug‘ullanadi. Tabiatshunoslik qadriyatlardan xoli,
madaniyat va tarixning individuallashtiruvchi talqini qadriyatlar
saltanatidir. Qadriyatga ishora juda muhim.Rikkert uch saltanat: borliq,
qadriyat, ma’noni qayd etadi; ularga bilishning uch metodi:
tushuntirish, tushunish, talqin qilish muvofiqdir.3
Do'stlaringiz bilan baham: |