Yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar


Download 25.56 Kb.
Sana25.12.2022
Hajmi25.56 Kb.
#1066284
Bog'liq
Юриспруденция. 21.12.2022.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI



YURISPRUDENSIYA VA IJTIMOIY-SIYOSIY FANLAR” KAFEDRASI YIG’ILISHINING


15-SONLI BAYONNOMASI
BUXORO
Yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi majlisining 15-son bayonnomasi
21.12.2022. Buxoro shahri
Qatnashdilar:

Kafedra mudiri : F.D.Muzaffarov.

Dotsentlar: S.S.Raupov, N.N.Teshayev, N.B.Maxmudova, D.Q.Sayfullayeva, B.Turdiyev, S.Samadova.

Katta o’qituvchilar: F.SH.Abdullayeva, I.H.Shoev, A.Q.Shirinov, N.О.Jo’rayeva, U.B.Sobirov

O’qituvchilar:
F.Qalandarova,A.Gulova, N.Hayotova, N.Qo’shshayeva, X.Nafiddinova, G.Omarova, H.H.Qalandarov, A.M.Quramboyev, D.H.Qodirov,D.X.Gadoyev.


KUN TARTIBI
1. Rektorat topshiriqlari
2. Reyting indikatori bo’yicha qilingan ishlar sarhisobi
3. Turli masalalar
1. Rektorat topshiriqlari
Kafedra yig’ilishini mudir F.D.Muzaffarov olib bordi. Bugungi kunda ta’lim tizimi siyosati, istiqbolda turgan rejalar, darslarning sifat darajasi, universitet rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlar va ularning ijrosini ta’minlash borasida gapirildi.
Birinchi, ikkinchi, uchinchi kuraslar ta’tildan qaytgandan keyin ularga nazoratlar haftaligi bo’lishi aytildi. O’shangacha dars jarayonlari tugatilishi lozim.
O’qituvchilar darslarni e’tibor bilan o’tishlari kerakligi ta’kidlandi. HEMIS tizimida kunlik davomatni yuritish muhimligi ham ta’kidlandi.

  1. Reyting indikatori bo’yicha qilingan ishlar sarhisobi

Yangi yil munosabati bilan 2022-kalendar yilida kafedra professor-o’qituvchilarining faoliyati tahlil qilindi. Reyting indikatoriga ko’ra bajarilgan ishlarning natijalarini umumlashtirish kerakligi aytildi. Shu munosabat bilan 2022-yilda professor o’qituvchilar tomonidan OAK tomonidan tan olingan respublika va xalqaro impakfaktorli jurnallarda chiqarilgan maqolalar soni va asoslari, darslik, o’quv qo’llanma, monografiyalarning asoslari va soni, talabalar bilan olib borilgan ishlar to’grisidagi jadvallar, xo’jalik shartnomalarning bajarilish holati to’g’risidagi ma’lumotlar hisoboti ilmiy bo’limga zudlik bilan yetkazilishi kerakligi masalalariga to’xtalib o’tildi.

  1. Turli masalalar

Uchinchi masala yuzasidan kafedra mudiri F.D.Muzaffarov so’zga chiqib, barcha ijro intizomiga rioya qilishi kerakligini aytib o’tdi.
Qaror qilindi

  1. Rektorat buyruqlari ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Majlis bayonida belgilangan topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.

Kafedra mudiri: F.D.Muzaffarov
Kotib: X.R.Nafiddinova
Download 25.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling