2.4. ALTning texnikaviy ta’minoti
ALTning texnikaviy ta‟minoti – avtomatlashtirilgan loyihalashni bajarish uchun mo„ljallangan
o„zaro bog„langan va o„zaro ta‟sir qiluvchi texnikaviy vositalar majmuidir.
ALTning istalgan hisoblash komplektlari quyidagilarni yetarli miqdorda o„z ichiga olishi
kerak: informatsiyani kiritish va chiqarish periferiya qurilmalari, grafik klanshetali va elektron peroli
grafikli va alfavitli-raqamli displeylar (GD va ARD), har xil formatli yuqori aniqli rulonli va
planshetali grafquruvchilar, grafik informatsiyani kodlovchilar, skanerlar, printerlar, magnitli
disklarda to„plovchi (накопител)lar (MDT), lazerli disklarda to„plovchilar, 200...500 Gbayt hajmli
«Vinchester» tipidagi disklardagi to„plovchilar (2003 yilgi holat), funktsional klaviaturalar,
informatsiyani mikrofilm va mikrofishlarga chiqaruvchi qurilmalar, yuqori darajadagi EHM bilan
bog„lanish qurilmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |