Toshkent davlat texnika universiteti
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
3.1. ALT klassifikatsiyasi
ALTni klassifikatsiyalash asosida quyidagi asosiy masalalar yig„iladi: − o„rnatilgan klassifikatsiya belgilari majmui bo„yicha ALTning yiriklashgan formallashgan bayonini shakllantirish; − sanoat va qurilish tarmoqlarining tashkilotlarida yaratilayotgan ALTlarni belgilash; − ALTni yaratish va rivojlantirish jarayonida loyihalashni avtomatlashtirish darajasi, loyihalashning avtomatlashtirilishi kompleksliligi va ALTning boshqa ko„rsatkichlari qiymatlarini oshirishni rejalashtirish; − ALTni yaratish, funktsiya qilishi va rivojlanishi jarayonini mutaxassislar, texnikaviy vositalar, energiya, informatsiya, moliya va boshqa resurslar bilan ta‟minlashning texnikaviy asoslangan me‟yorlarini ishlab chiqish uchun shartlarni berish. GOST 23501.108-85 ga muvofiq ALTning formallashgan bayonini − standart o„rnatgan klassifikatsiya belgilari bo„yicha ALT klassifikatsion guruhlarining kodlarini; − klassifikatsion guruhlar nomlarini (keltirilgan kodlarga muvofiqligini); − har bir klassifikatsion guruh kodi qaysi klassifikator, standart yoki metodikaga muvofiq aniйlanganligi bo„yicha ko„rsatmalarni o„z ichiga oladi. ALTni quyidagi belgilar tavsiflaydi: turi, xili (raznovidnost), loyihalash ob‟yektining murakkabligi; loyihalashni avtomatlashtirishning kompleksliligi; tayyorlanadigan loyihaviy hujjatlarning xarakteri va soni ALT texnikaviy ta‟minoti turidagi darajalar soni. Uchta birinchi belgilar loyihalash ob‟yektining xususiyatlarini aks ettiradi, keyingi to„rttasi tizimning imkoniyatlarini, sakkizinchi belgi esa – ALT texnikaviy bazasining xususiyatlarini ifodalaydi. Muayyan ALT haqida umumiy tushunchaga ega bo„lish uchun u sanalgan belgilar bo„yicha baholangan bo„lishi kerak. Ularni batafsil ko„rib chiqamiz. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling