Toshkent davlat texnika universiteti
Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuv
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
Loyihalash jarayoniga blokli-ierarxik yondoshuv. Loyihalanayotgan tizim ierarxik
darajalarga bo„linadi. Yuqori darajada loyihalanayotgan tizimning faqat umumiy xislat va xususiyatlarini aks ettiruvchi kam detallashtirilgan tushunchalardan foydalaniladi. Keyingi bosqichlarda ko„rish batafsilligi darajasi ortib boradi; bunda tizim bir butunicha emas, balki alohida bloklarga bo„linib ko„riladi. Bu har bir darajada inson anglab va tushunib oladigan va mavjud loyihalash vositalari yordamida yechiladigan darajadagi murakkab masalalarni shakllantirish va yechish imkonini beradi. Bloklarga bo„lish shunday bo„lsinki, istalgan darajadagi blok hujjatnomasini bir odam ko„rsin va qabul qila olsin. Loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuvda katta hajm murakkab masala ketma-ket yechiladigan kichik hajmli masalalar guruhlariga bo„linadi; bunda guruh ichidagi turli masalalar parallel yechilishi mumkin. Har bir darajada tizim va elementlar haqida o„zining tushunchasi bor. Yuqori i-darajada element deyilgan narsa, keyingi (i-1)-darajada tizim hisoblanadi. Ko„pincha eng quyi daraja elementlari bazaviy elementlar yoki komponentlar deb ataladi. Loyihalashda ishtirok etayotgan muhandislarning ko„pchiligi qandaydir darajadagi tizimlar va elementlar bilan ishlaydi; ular loyihalayotgan ob‟yektlar doim ham murakkab tizimlar bo„lavermaydi, garchi ularning ko„pchiligi murakkab tizimlar tarkibiga kirsa ham. 23
Murakkab tizimlarni loyihalashda ba‟zan baravariga ikki ierarxik daraja, masalan i va (i+1), ishtirok etgan bayonnomalar bilan ishlashga to„g„ri keladi. Bu holda tizim, nimtizim va elementlar atamalarini qo„llashadi, ularni (mos ravishda) i-darajadagi tizim, tizimlar va (i+1)-darajadagi elementlar deb qarashadi. Shunday qilib, ierarxik darajalar ob‟yekti xossalari aks ettirilishining mufassalligi darajasi bilan farqlanadigan ob‟yektlar bayoni darajasini ifodalaydi. Boshqachasiga ularni gorizontal darajalar yoki abstraktsiyalash darajalari deb atashadi. Qandaydir daraja bayonlarining majmui masalalarning qo„yilishi va ularning bayonlarini olish metodlari bilan bilan loyihalashning ierarxik darajasi deb ataladi. Gorizontal darajalarda sxemalar, konstruktsiyalar va texnologiyalarni loyihalash bilan bog„liq bo„lgan masalalar guruhlari ularni yechish uchun foydalaniladigan modellar, metodlar, hujjatlash shakllari bilan birga loyihalash aspektlari (loyihalash aspektlari ba‟zan loyihalashning vertikal darajalari) deb ataladi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling