Toshkent davlat texnika universiteti
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
Loyihalash aspektlari. Ierarxik darajalarni tug„diruvchi ob‟yekt xossalari aks ettirilishining
mufassalligi darajasi bo„yicha bayonlarni ajratishdan tashqari turli aspektlar bo„yicha bayonlar dekompozitsiyasidan ham foydalanishadi. Funktsional, konstruktorlik va texnologik aspektlar yirik aspektlarga kiradi. Ushbu aspektlarga taalluqli bayonnomalarni o„zgartirish yoki olish bilan bog„liq masalalarni yechish mos ravishda funktsional, konstruktorlik va texnologik loyihalash deb ataladi. F u n k t s i o n a l a s p e k t ob‟yektda ro„y beradigan fizikaviy va informatsion jarayonlarning xarakteri va ishlashining asosiy printsiplarini aks ettiradi va printsipial, funktsional, strukturaviy, kinematik sxemalarda va ularga ilova qilinadigan hujjatlarda o„z ifodasini topadi. K o n s t r u k t o r l i k a s p e k t funktsional loyihalash natijalarini amalga oshiradi, ya‟ni ob‟yektlarning geometrik shakllarini va ularning fazoda o„zaro joylashishini ta‟minlaydi. T e x n o l o g i k a s p e k t konstruktorlik loyihalash natijalarini amalga oshirish bilan, ya‟ni ob‟yektlarni tayyorlash metodlari va vositalarini bayon qilish bilan bog„liq. Ob‟yekt xossalarini differentsiyalabroq (tabaqalashtiribroq), ya‟ni undan bir qator nimtizimlar va shunga mos aspektlar sonini ajratib bayon qilish mumkin. Masalan, funktsional aspektni bayon qilinayotgan hodisalarning fizikaviy asoslariga ko„ra elektrik, mexanik, gidravlik, kimyoviy va sh.k. aspektlarga bo„lish mumkin. Bunda elektromexanik tizim bayonida elektrik va mexanik nimtizimlarning bayonlari, yadroviy reaktor bayonlarida – gazodinamik, issiqlik, fizika-neyronli nimtizimlarning, optika – elektron pribori bayonlarida – elektrik va optik nimtizimlarning bayonlari paydo bo„ladi.
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling