Toshkent davlat texnika universiteti
Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
Loyihalash jarayonining tarkibiy qismlari. Loyihalash vaqtida rivojlanuvchi jarayon sifatida
davr (стадия)larga, bosqich (этап)larga, loyihaviy protseduralarga va operatsiyalarga ajraladi. Murakkab tizimlarni loyihalashda loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va texnikaviy takliflar, eskiz, texnikaviy, ishchi loyihalash, sinash va tadbiq qilish davrlari ajratiladi. Loyihalash oldi tadqiqotlari, texnikaviy topshiriq va texnikaviy takliflar davrlarida jamiyatning yangi buyumlari olishga ehtiyojini, sanoatning ushbu va qo„shni sohalaridagi ilmiy- texnikaviy yutuqlarni, mavjud resurslarni o„rganish asosida texnikaviy ob‟yektning vazifasi va uni qurishning asosiy printsiplari aniqlanadi va uni loyihalash uchun texnikaviy topshiriq (TT) shakllantiriladi. Bu davrlar ilmiy-tadqiqot ishi (ITI) davri deb ham ataladi.
ob‟yekt funktsiya qila olishini belgilaydigan asosiy printsiplar va qoidalarning to„g„riligi va amalga oshirila olishi tekshiriladi.
texnikaviy yechimlar konkretlashtiriladi va detallashtiriladi. Ishchi loyiha davrida buyumni tayyorlash uchun zarur bo„lgan hamma hujjatlar tayyorlanadi (shakllantiriladi). So„ngra tajriba qilish uchun mo„ljallangan namuna yoki bir nechta namunalar tayyorlanadi va sinaladi. Sinov natijalari bo„yicha loyihaviy hujjatlarga zarur bo„lgan tuzatishlar kiritiladi va faqat shundan keyin tanlangan korxonada ishlab chiqarishga tadbiq qilish boshlanadi. L o y i h a l a s h b o s q i c h i – bitta yoki bir nechta ierarxik darajalar va aspektlarga taalluqli ob‟yektning talab qilingan hamma bayonlarini shakllantirishni o„z ichiga olgan loyihalash jarayonining bir qismidir. Ko„pincha bosqich nomi mos ierarxik darajalar va aspektlar nomi bilan bir xil bo„ladi. Masalan, texnologik jarayonlarni loyihalashni texnologik jarayonning printsipial sxemalarini ishlab chiqish, marshrut texnologiyasini va operatsion texnologiyani ishlab chiqish va
24
dasturaviy-boshqariladigan texnologik jihoz uchun mashinali olib yuruvchilarda boshqaruvchi informatsiyani olish bosqichlariga bo„lishadi. Katta integral sxema (KIS)larni loyihalashda komponentlarni loyihalash, sxematexnik, funktsional-mantiqiy va topologik loyihalash bosqichlarni ajratishadi. Birinchi uchta bosqich o„xshash nomga ega bo„lgan funktsional aspektli uch ierarxik darajali masalalarni yechish bilan bog„liq. Topologik loyihalash bosqichi KISni loyihalashdagi konstruktorlik aspektdagi hamma ierarxik darajalarga taalluqli bo„lgan masalalarni o„z ichiga oladi. Loyihalash bosqichining tarkibiy qismlarini l o y i h a v i y p r o t s e d u r a l a r deb atashadi. Loyihaviy protsedura – bosqichning bir qismi bo„lib, uning bajarilishi loyihaviy yechimni olish bilan tugaydi. Har bir loyihaviy protseduraga ushbu protsedura doirasida yechiladigan loyihalashning qandaydir masalasi mos keladi. Loyihaviy protsedura tarkibiga kiruvchi loyihalash jarayonining maydaroq tarkibiy qismi l o y i h a v i y o p e r a t s i y a l a r deb ataladi. Buyum chizmasini shakllantirish, kuchaytirgich parametrlarini hisoblash, elektr dvigatelini qurish uchun namunaviy konstruktsiyasini tanlash – loyihaviy protseduralarga, namunaviy grafikaviy tasvirni (tishli ilashma, chizma ramkasi va sh.k.) chizish, kuchaytirgichning statik holatini bayon qiluvchi algebraik tenglamalar tizimini yechish, elektr dvigatelning navbatdagi variantini qurishning effektiv ko„rsatkichlarini hisoblash – loyihaviy operatsiyalarga misol bo„la oladi. Shunday qilib, daraja va aspekt tushunchalari loyihalanayotgan ob‟yekt haqida tushunchalarni strukturlashga, bosqich tushunchasi esa – loyihalash jarayonini strukturlashga taalluqli. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling