2. Namunaviy loyihaviy protseduralar
2.1. Loyihalashning namunaviy protsedura (masala, vazifa)larining klassifikatsiyasi
2.2. ALTda loyihalash rejimlari
Tayanch so‘zlar va iboralar
Ob‟yekt obrazi, tizim, nimtizim, elementlar, ierarxik darajalar, loyihalash ob‟yektlarini
abstraktsiyalash darajalari, pasayuvchi loyihalash, ko„tariluvchi loyihalash, texnikaviy ob‟yektning
matematik modeli, solinganlik (vlojennost).
4.1. Loyihalashning darajalari, aspektlari va bosqichlari
Texnikaviy ob‟yektni loyihalash qabul qilingan shaklida ushbu ob‟yekt obrazini yaratish, qayta
o„zgartirish va taqdim etish bilan bog„liq. Ob’yekt obrazi yoki uning tarkibiy qismlarining obrazi
ijodiy jarayon natijasida inson tasavvurida yaratilishi yoki inson va EHMlarning o„zaro ta‟siri
jarayonida qandaydir algoritmlar bo„yicha paydo bo„lishi mumkin. Istalgan holda, qandaydir
texnikaviy buyumni olish uchun jamiyat ehtiyojini aks ettiruvchi loyihalash uchun topshiriq
mavjudligida loyihalash boshlanadi. Topshiriq u yoki bu ko„rinishda taqdim etiladi. Loyihalash
natijasi vazifasini, odatda, berilgan sharoitlarda ob‟yektni tayyorlash uchun yetarli ma‟lumotlarga
ega bo„lgan hujjatlarning to„la komplekti bajaradi. Bu hujjatnoma ob‟yektning natijaviy bayonini
ifodalaydi.
Birlamchi bayon natijaviy o„zgartirish oraliq bayonlarni tug„diradi, oraliq bayon – bu
loyihalashni tugatishni yoki uni davom ettirish yo„lini tanlash maqsadida ko„riladigan narsadir.
Informatsiya nuqtai nazaridan loyihalash – bu loyihalash ob‟yekti, ko„rilayotgan jabhadagi
bilimlarning holati, maqsadi (vazifasi) o„xshash bo„lgan ob‟yektlarni loyihalash tajribasi haqidagi
kiruvchi informatsiyani ma‟lum shaklda bajarilgan va ob‟yektni buyumda realizatsiya qilish uchun
uning bayoni keltirilgan loyihaviy-konstruktorlik yoki texnologik hujjatnoma ko„rinishidagi
chiquvchi informatsiyaga aylantirish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |