Tashqi va ichki loyihalash. Pasayuvchi loyihalashda k-ierarxik darajadagi elementlarni
ishlash uchun TT ta‟rifi ushbu darajadagi loyihaviy protseduralarga kiradi. Yuqori ierarxik
darajadagi tizim yoki ko„p qo„llanishlarga mo„ljallangan unifikatsiyalashgan elementlar tizimi uchun
TT ishlash boshqacha bo„ladi. Bu erda TT ishlash loyihalashning mustaqil bosqichi bo„ladi va
ko„pincha tashqi loyihalash deb ataladi. TTning ta‟riflari bo„yicha ob‟yektni loyihalash bosqichlari,
undan farqli ravishda, ichki loyihalash deyiladi.
Tashqi loyihalashning asosi – texnikaning zamonaviy holatini, texnologiyaning imkoniyatlarini
to„g„ri hisobga olish hamda ob‟yektning hayotiy siklidan kam bo„lmagan vaqt davomida ularning
rivojlanishini to„g„ri prognoz (bashorat) qilishdir. Texnologik omillar bilan bir qatorda iqtisodiy
ko„rsatkichlarni loyihalash va tayyorlashning narxi va muddatlarini ham hisobga olish zarur.
Masalaning holati va ilmiy-texnikaviy progress istiqbollarini o„rganish (tadqiqot qilish) asosida
ekspertlar guruhi tizimga TTning birlamchi variantini shakllantirishadi. Shakllantirilgan TT bajarila
olishini baholash va uni tuzatish bo„yicha tavsiyalar ichki loyihalash protseduralari yordamida
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |