Toshkent davlat texnika universiteti
Namunaviy loyihaviy protseduralar
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
4.2. Namunaviy loyihaviy protseduralar
Loyihalashning namunaviy protsedura (masala, vazifa)larining klassifikatsiyasi. Har xil turdagi ob‟yektlarni loyihalashda ko„p qaytalab qo„llashga mo„ljallangan loyihaviy protsedura namunaviy (типовой) deb ataladi. Analiz va sintez loyihaviy protseduralarini farqlashadi. Ob‟yekt bayonini tuzish – sintez, ob‟yektning bayoni bo„yicha uning xossalarini aniqlash va ishchanlik qobiliyatini tadqiqot qilish –
A n a l i z p r o t s e d u r a l a r i bir va ko„p variantli analiz protseduralariga bo„linadi. Bir variantli analizda ichki va tashqi parametrlarning qiymatlari beriladi, ob‟yekt chiquvchi parametrlari qiymatlarini aniqlash talab qilinadi. Ichki parametrlar makoni tushunchasi bilan bog„liq bo„lgan ushbu masalaning geometrik sharhini qo„llash foydali. Bu n-o„lchamli makon bo„lib, unda ichki n parametrlarning har biri x i ga koordinata o„zi ajratilgan. Bir variantli analizda ichki parametrlar makonida qandaydir nuqta beriladi va ushbu nuqtada chiquvchi parametrlarning qiymatlarini bir marta yechishga keltiriladi, bu – bunday turdagi analizning nomini belgilaydi. Ko‘p variantli analizda ichki parametrlar makonining qandaydir zonasida ob‟yekt xossalari tadqiqot qilinadi. Bunday analiz tenglamalar tizimini bir necha marta yechishni (bir variantli analizni bir necha marta bajarilishini) talab qiladi. S i n t e z p r o t s e d u r a l a r i strukturaviy va parametrik sintez protseduralariga bo„linadi. Strukturaviy sintez maqsadi – ob‟yekt strukturasini – ob‟yektni tashkil qiluvchi elementlar turlari ro„yxatini va ob‟yekt tarkibidagi elementlarning o„zaro bog„lanish usullarini aniqlashdir. Parametrik sintez maqsadi – berilgan struktura va ishchanlik qobiliyati sharoitlarida elementlar parametrlari son qiymatlarining ob‟yektning chiquvchi parametrlariga ta‟sirini aniqlashdadir, ya‟ni 27
parametrik sintezda ichki parametrlar makonida shunday nuqta yoki zona topilsinki, u erda u yoki bu shartlar (odatda ishchanlik qobiliyati shartlari) bajarilsin. Analiz va sintez loyihaviy protseduralari orasidagi bog„lanish shundayki, unda analiz protsedurasi optimallash protsedurasiga (parametrik sintez) va optimallash protsedurasi strukturaviy va parametrik sintezlarni birlashtiruvchi sintez protsedurasiga solinganlik (вложенность) tavsifiga ega bo„ladi. Solinganlik, birinchidan, analiz optimallashtirishga tarkibiy qism bo„lib, optimallashtirish esa sintezga tarkibiy qism bo„lib kirishini, ikkinchidan, optimallash protsedurasining bir marta bajarilishi – analiz protsedurasining bir necha marta bajarilishini, sintez masalasining bir necha marta yechilishi – optimallashtirish masalasining bir necha marta yechilishini talab qilishini bildiradi. Shubhasiz analiz protseduralari ham shunday tavsifga ega – bir martali ko„p variantli analiz ko„p martali bir variantli analizga asoslangan. Loyihalashning navbatdagi bosqichidagi loyihaviy yechim sintezi analizning juda ko„p miqdordagi variantlarining bajarilishini talab qilishi mumkin. Agar j protseduraga solingan i protsedurasi bajarilishlarining soniga teng f ij koeffitsienti kiritilsa, j protsedurasining bir marta bajarilishida, sintez, optimallashtirish, bir variantli va ko„p variantli analiz mos ravishda 1, 2, 3, 4 nomerlari bilan belgilansa, u holda Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling