Toshkent davlat texnika universiteti
HTlarining ish rejimlari
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
HTlarining ish rejimlari. EHM apparat vositalari dasturaviy ta‟minot bilan birga HTlari bir
dasturli va multidasturli rejimlarda ishlashi mumkin. B i r d a s t u r l i r e j i m d a ishlaganda EHM xotirasida faqat bitta dastur bo„ladi va faqat shu dastur bajariladi. Bunday rejim odatda mikro-EHM va personal EHMlar uchun xos, ya‟ni individual foydalaniladigan EHMlar uchun xos. M u l t i p r o g r a m m a l i ( k o „ p p r o g r a m m a l i ) r e j i m d a ishlaganda EHM xotirasida bir nechta dasturlar bo„ladi, ular tizimda hosil bo„layotgan vaziyatga qarab protsessor bir masaladan ikkinchisiga o„tish oralig„ida qisman yoki to„liq bajariladi. Multidasturli rejimda mashina vaqti va operativ xotira samaraliroq foydalaniladi, chunki yechilayotgan masalada protsessorning kutish rejimiga o„tishi talab qilinadigan qandaydir vaziyat paydo bo„lganda, protsessor boshqa masalani yechishga o„tadi va uni shunga o„xshash vaziyat paydo bo„lgunicha bajaradi va h.k. Multidasturli rejim realizatsiya qilinganda masalalardan bir-biriga o„tishi navbati aniqlanishi va o„tish momenti tanlanishi talab qilinadi, bundan murod – mashina vaqti va xotiradan maksimal darajada samarali foydalanishdir. Multidasturli rejimni EHM apparat vositalari va OT vositalari ta‟minlaydi. Bu murakkab EHMlarga xos; ularda mashina yechishga o„tadi va uni shunga o„xshash vaziyat paydo bo„lgunicha bajaradi va h.k. Multidasturli rejim realizatsiya qilinganda masalalardan bir-biriga o„tishi navbati aniqlanishi va o„tish momenti tanlanishi talab qilinadi, bundan murod – mashina vaqti va xotiradan maksimal darajada samarali foydalanishdir. Multidasturli rejimni EHM apparat vositalari va OT vositalari ta‟minlaydi. Bu murakkab EHMlarga xos; ularda mashina vaqtining narxi mikro- EHMlarnikiga qaraganda ancha qimmat. Oxirgi paytlarda personal EHMlarning imkoniyatlari ortib borishi bilan, ular uchun bir necha masalalar yechilishini bir vaqtda kuzatish va shu bilan muhandis ishi samarasini oshirish imkonini beradigan multidasturli OTlar ishlanmoqda. Multidasturli rejimda ALT foydalanuvchilarining dasturlari qaysi tartibda bajarilishiga qarab, masalalarni paketli ishlash va ko„pchilik birdaniga foydalana oladigan rejimlarni farqlashadi. P a k e t l i i s h l a s h r e j i m i d a masalalar bir yoki bir nechta qatorga teriladi va ular birma- bir bajarish uchun tanlanadi. K o „ p c h i l i k b i r d a n i g a f o y d a l a n a d i g a n r e j i m d a foydalanuvchi o„zining masalasini bajarishga istalgan ixtiyoriy vaqtda qo„yadi, ya‟ni bunday HT har bir foydalanuvchiga go„yo individual foydalanuvchi rejimini realizatsiya qiladi. Bu odatda kvantaviy mashina vaqti yordamida amalga oshadi; bunda EHM operativ xotirasidagi har bir masalaga kvant vaqti ajratiladi. Kvant vaqti tugaganda protsessor boshqa masalaga ulanadi yoki HTdagi vaziyatga qarab yechilishi uzilgan masalani yechishni davom ettiradi. Mashina vaqtini kvantlab ko„pchilikka birdaniga foydalanish imkonini ta‟minlaydigan hisoblash tizimlarini – vaqt taqsimlanadigan HTlari deb atashadi. Avtomatik boshqarish tizimlarida real vaqt rejimi tushunchaqidan keng foydalaniladi; bunda masalalarni yechish tezligi ularning HTga kirib borishi tezligiga teng yoki katta bo„ladi. ALTda real vaqt rejimi deganda muhandisning EHM bilan shunday muloqoti tushuniladiki, unda muhandis so„roviga javoblar insonga qulay tezlikda keladi.
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling