Toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

EHM klassifikatsiyasi. EHMni uning har xil belgilari bo„yicha klassifikatsiya qilish mumkin. 

Hozirgi  paytda  hamma  EHMlar  foydalanilayotgan  protsessorlarning  turi  bo„yicha  klassifikatsiya 

qilinadi, vaholanki EHM tez ishlashiga uning deyarli hamma komponentlari ta‟sir qiladi. 

Hozirgi  paytda  yettinchi  avlodga  taalluqli  protsessorlardan  foydalanilmoqda.  Ularga,  hozirgi 

paytda eskirgan protsessorlar Intel Pentium MMX, Intel Pentium II, Intel Pentium III, Intel Pentium 

IV,  Intel  Pentium  Pro,  yo„l  ochdi.  Ushbu  avloddan  boshlab  protsessorlar  uchta  kategoriyada 

ko„rilmoqda: 

· boshlang„ich darajadagi tizimlar (Intel Pentium MMX); 

· unumdor tizimlar (Intel Pentium II, Intel Pentium III, Intel Pentium IV); 

· korporativ qo„llanadigan tizimlar (Intel Pentium 

Prо). 


Hozirgi paytda boshlang„ich darajadagi tizimlar  – Celeron protsessorlari, unumdor tizimlar  – 

Intel  Pentium  II,  Intel  Pentium  III  yoki  Intel  Pentium  IV  protsessorlari,  korporativ  tizimlar  –  Xeon 

protsessorlari bilan komplektlanmoqda. 



 

32 


Ushbu qo„llanma yozilayotgan paytda Intel Itanium va Intel Itanium 2 hamda AMD Opteron – 

sakkizinchi  avlod  protsessorlari  paydo  bo„ldi.  Bu  –  IBM  PC  uchun  birinchi  64  razryadli 

protsessordir. 

Celeron protsessorlari faqat boshlang„ich darajadagi tizimlarga taalluqli bo„lishi mumkinligini 

e‟tiborga olib bo„lmaydi, EHMlarning boshqa kategoriyalari haqida ham shunday gapirib bo„lmaydi, 

chunki  texnologik  jarayon  rivojlanmoqda.  Masalan,  0,13  mikronli  texnologiya  asosidagi 

protsessorlarni  chiqarish bo„yicha  Intel  Amerika  kompaniyasining  rejalari  tobora  ortmoqda.  Ushbu 

texnologiya bo„yicha tayyorlangan 1,90 GGts taktaviy chastotali Celeron 256 Kbayt hajmli ikkinchi 

darajali  kesh  bilan  jihozlangan  birinchi  Celeron  protsessori  bo„ladi.  Bundan  tashqari,  AMD 

kompaniyasi o„zining Athlon va Opteron protsessorlari bilan protsessorlarni ishlab chiqarishda Intel 

kompaniyasiga kuchli raqobat qilmoqda. 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling